Tojikiston Rog‘un GES uchun Yevropadan mablag‘ izlamoqda

© Sputnik / Amir IsaevPodgotovka k otkritiyu Rogunskoy GES v Tadjikistane
Podgotovka k otkritiyu Rogunskoy GES v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston hukumati gidroelektrostansiya qurilishini davom ettirish uchun eng past foiz stavkalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya yoki kredit jalb qilishni rejalashtirmoqda

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Tojikiston hukumati Rog‘un gidroelektrostansiya qurilishi kelgusi loyihalarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha manbalarni izlamoqda. Bu haqda "Avesta" nashri xabar qildi.

Barabanniy seysmograf - Sputnik O‘zbekiston
Rog‘un GES yaqinida zilzila yuz berdi

GES qurilishini davom ettirish uchun eng past foiz stavkalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya yoki kredit mablag‘larini jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Ayni vaqtda Yevropa, xususan Avstriya va Germaniya kompaniyalari bilan faol muzokaralar olib borilmoqda.

Fevral oyida matbuot anjumanda Tojikiston moliya vaziri Fayziddin Kaxxorzoda Rog‘un GESini qurish loyihasi qo‘shimcha mablag‘ talab etayotganiga qaramay, yangi yevrobondlarni chiqarish masalasi hali muhokama qilinmaganligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, respublika loyiha uchun yevrobondlarni sotish yo‘li bilan 500 million dollar jalb qilgan. Moliya vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rog‘un GESi kabi yirik obyektni faqat budjet mablag‘lari hisobiga qurish mumkin emas.

Avvalroq Tojikiston va Ukraina “Rog‘un” uchun to‘rtta agregat yetkazib berish borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgan edi. Hozir davlatlar birliklarga agregatlar buyurtma berish bo‘yicha hamkorlikning turli xil variantlari va usullarini muhokama qilmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0