Ctikerdan nomuvofiq foydalangan avtomobillar jarima maydonchasiga joylashtirildi

© Press-slujba Natsionalnoy gvardii UzbekistanaKarantin
Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Stikerlar imtiyoz emas, karantin sharoitidagi qat’iy choradir - deb fuqarolarni yana bir bor ogohlantiradi Davlat xizmatlari agentligi. 

TOShKENT, 7 apr - Sputnik. Davlat xizmatlari agentligi Toshkentda o‘tkazilgan reyd davomida 50 dan ortiq avtomobillar stikerdan maqsadga muvofiq foydalanmagani uchun jarima maydoniga joylashtirilganini xabar qildi. 

6 aprel kuni soat 20.00 dan 7-aprel soat 6.00 ga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Toshkent shahar Davlat xizmatlari markazlari o‘zaro hamkorlikda o‘tkazilgan avtotransport vositalari uchun berilgan stikerlardan maqsadli foydalanishi ustidan nazorat-reyd tadbirlari natijasida 52 ta stiker bekor qilinib, avtomashinalar jarima maydoniga qo‘yildi, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusga qarsh chora sifatida O‘zbekistonning barcha yirik shaharlarida o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibi kuchga kirgan. Fuqarolarga shaxsiy avtotransportda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish ta’qiqlangan. Davlat xizmatlari agentligi tomonidan O‘zbekiston bo‘yicha 28 073 avtomobillarga karatntin vaqtida harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma-stiker berilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0