Jamiyat

Toshkentda maxsus nazorat maskanlari tashkil etildi

© GUVDV Tashkente sozdanы spetsialnыe nablyudatelnыe postы
V Tashkente sozdanы spetsialnыe nablyudatelnыe postы - Sputnik Oʻzbekiston
Har bir guruhning bosh vazifasi – karantin sharoitida mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning oʻta zarurat yuzaga kelgandagina koʻchaga chiqishlarini hamda niqob taqmasdan harakatlanmasliklarini toʻliq nazorat ostiga olishdir.

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Toshkent shahrining 11 ta tumanidagi 514 ta mahalla qoshida maxsus nazorat maskanlari tashkil etildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.

Bunday maskanlarda faoliyat yuritish uchun mahalla raisi, hududga qarashli profilaktika inspektori va uning yordamchisi, Fidokor yoshlar guruhi aʼzolari hamda mahalla faollaridan iborat guruh tuzildi.

© GUVDV Tashkente sozdanы spetsialnыe nablyudatelnыe postы
Toshkentda maxsus nazorat maskanlari tashkil etildi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente sozdanы spetsialnыe nablyudatelnыe postы

“Har bir guruhning bosh vazifasi – karantin sharoitida mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarimizning oʻta zarurat yuzaga kelgandagina (kerakli boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon sotib olish) koʻchaga chiqishlarini hamda niqob taqmasdan harakatlanmasliklarini toʻliq nazorat ostiga olishdir”, - deyilgan xabarda.

“Jamoatchilik nazorati maskani” aʼzolari tunu kun mahallalarda yurib, fuqarolarning zaruratsiz tashqariga chiqmasligi va karantin tartib-qoidalariga amal qilishini taʼminlaydi.

Eslatib oʻtamiz, 6 apreldan COVID-19 tufayli oʻzini yakkalash hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etildi. Bu fuqarolar uchun qator cheklovlarni nazarda tutadi.  Shaxsning oʻzining yashash hududidagi savdo nuqtalarida birinchi galdagi hayotiy zarur boʻlgan ehtiyojlari uchun va shifokor koʻrigiga murojaat etishdan boshqa maqsadlarda chiqishi qatʼiyan cheklanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala