Jamiyat

Toʻyib uxlagan kishiga koronavirus yuqmaydimi - somnolog maslahati

CC0 / pixabay / Devushka spit. Illyustrativnoye foto
Devushka spit. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirusning tarqalishi sharoitida uyquning toʻgʻri rejimi alohida ahamiyatga ega. Nega aynan shunday – bu haqda Sputnik radiosiga intervyuda somnolog Aleksandra Puchkova aytib berdi.

Oatiy turmush tarzida, kattalar ish kunidan oldin kuchga ega boʻlishlari uchun yetarlicha uxlashlari kerak. Oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish paytida uyqu yana bir juda muhim vazifani bajaradi, deb aytib berdi Sputnik radiosiga Rossiya Fanlar akademiyasining Yuqori asab faoliyati institutining Uyqu va uyqusizlik neyrobiologiyasi laboratoriyasining katta ilmiy xodimi Aleksandra Puchkova.

"Endilikda yaxshi uxlash kerak, chunki bu immunitet tizimining normal ishlashi uchun zarurdir. Yomon uyqu, uning buzilishi yoki juda oz miqdori immunitet tizimining buzilishiga olib keladi. Baʼzilarda u pasayishi mumkin, boshqalarda u notoʻgʻri ishlay boshlaydi va natijada autoimmun muammolar paydo boʻladi. Immunitet uchun yahshi uyqu juda muhim, hozirda esa immunitet muammosi oʻtkir", - deya eslatdi Aleksandra Puchkova.

Somnolog salqin, qorongʻi va sokin, havosi tez-tez almashtiriladiga xonada kuniga kamida 8 soat uxlashni maslahat beradi. Aleksandra Puchkova taʼkidlashicha, ishga borishga hojat yoʻqligi uyquga ketish vaqtini keskin oʻzgartirish va odatiy bioritmni tubdan oʻzgartirishga sabab emas.

"Inson shunday holatga "sudralib borishi" mumkinki, u sahar soat 4 ga qadar kompyuterda oʻtira boshlaydi, kunduzi soat 2 da oʻygʻonadi, keyin ertalab soat 6 da uxlaydi va keyinchalik esa qachon uyquga ketishi umuman nomaʼlum. Bu yaxshi variant emas, chunki organizmimiz ritmik tarzda ishlaydi. Bunday siljish boshlanganida ichki soat sinxronlashishi buziladi, bunda tanamizning baʼzi tizimlari bitta rejimda ishlasa, boshqalari boshqacha ishlaydi. Bu bizning sogʻligʻimizga salbiy taʼsir qiladi ", - deb tushuntiradi Aleksandra Puchkova.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala