Jamiyat

Yolgʻon mish-mishlardan soʻng Nazarboyev aks etgan video eʼlon qilindi

Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumat rahbari Askar Mamin bilan uchrashdi. Ular koronavirus epidemiyasiga qarshi chora-tadbirlarni muhokama qildilar.

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Yelbasi Nursulton Nazarboyev hukumat rahbari Askar Mamin bilan uchrashdi, deb xabar qildi Sputnik Qozogʻiston.

Matbuot kotibi Aydos Ukibay uchrashuv videosini Twitter’ga joylashtirdi.

Uchrashuvda koronavirus epidemiyasiga qarshi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

“Ish qanday olib borilayotganini koʻrmoqdaman. Prezident bilan birgalikda muammolarni hal qilmoqdamiz. Koʻrilgan choralar epidemiya tarqalish surʼatlari pasayishiga yordam berdi, tibbiyot xodimlari juda yaxshi ishlashdi”, - dedi Nazarboyev.

Nazarboyev ertaga Qozogʻiston xalqiga murojaatnoma tayyorlanishini maʼlum qildi.

“Hozir butun dunyoga qiyin. Epidemiya choʻqqisidan hali oʻtilmadi. Shunday ekan, bir-birimizga hurmatni saqlagan holda, sabr-toqatni namoyon etishimiz kerak”, - dedi Yelbasi.

Nazarboyevning sogʻligʻi haqida mish-mishlar

Oʻtgan haftada Aydos Ukiboy qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev betob emas, degan bayonot bilan chiqqandi.

"Biz hech qachon mish-mishlarga izoh bermaganmiz. Ammo oxirgi vaqtlarda ayrim shaxslar mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarish uchun faol harakatlarni boshlab yubordi, xususan, ular Yelbasi sogʻligʻi haqida haqiqatga mutlaqo zid boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmoqdalar. Bularning barchasi - fitna va yolgʻon. Ishontirib aytamanki, Nursulton Nazarboyev butkul sogʻlom va hatto karantin sharoitida ham vatan ravnaqi uchun mehnat qilishda davom etmoqda", - degan Ukiboy.

Nazarboyevning matbuot-kotibi, barcha cheklovlar olib tashlangach, ishchi uchrashuv yoki birinchi prezident ishtirokidagi ilk majlisdan videoyozuv tayyorlab, boʻlishishga vaʼda bergan.

Maʼlum boʻlishicha, qatʼiy karantin sharoitida Yelbasining ishchi kabinetiga kirish cheklangan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala