Siyosat

Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevga insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirdi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaEmomali Raxmon vstretil Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe
Emomali Raxmon vstretil Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
Telefon muloqoti avvalida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Oʻzbekiston rahbari va qardosh Oʻzbekiston xalqiga Tojikistonga koʻrsatilgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirgan.

TOSHKENT, 9 apr - Sputnik. Oʻzbekiston Tojikistonga insonparvarlik yordamini yuborgach, ikki davlat rahbarlari oʻrtasida tyelefon muloqoti boʻlib oʻtdi.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
YEOII va COVID-19: Ittifoqdoshlar pandemiyani yengib oʻtishga qodirmi?

Xabarda taʼkidlanishicha, suhbat avvalida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Oʻzbekiston rahbari va qardosh Oʻzbekiston xalqiga Tojikistonga koʻrsatilgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirgan.

Davlat rahbarlari suhbat davomida mamlakatlar va Markaziy Osiyo mintaqasidagi koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq joriy epidemiologik vaziyat yuzasidan fikr almashganlar. 

Koronavirusga qarshi samarali kurashish maqsadida muvofiqlashgan choralarni ishlab chiqish, oʻzaro koʻmaklashish, tegishli tibbiyot va boshqa aloqador xizmatlar oʻrtasidagi yaqin muloqotlarni davom ettirish muhimligi qayd etilgan.

Pandemiyaning ikki tomonlama yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining rivojlanish surʼatiga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun oldindan chora koʻrish lozimligi alohida taʼkidlangan.

Savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliya va transport-kommunikatsiya sohalari, shuningdek, hududlararo hamkorlik, shu jumladan poytaxt shaharlar Toshkent va Dushanbe oʻrtasidagi almashinuvlar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bu boradagi ustuvor yoʻnalishlar sifatida belgilab olingan.

Suhbatda Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlari mintaqaviy hamkorlikka oid va xalqaro ahamiyatga molik ayrim dolzarb masalalarni ham koʻrib chiqdilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala