TOSHKENT, 9 apr — Sputnik. Xlorka uyni dezifektsiyalash uchun toʻgʻri kelmaydi, dedi Sputnik radiosi efirida oliy toifali terapevt-shifokor, toksikolog Aleksey Vodovozov.
"Haqiqatan, tarkibida xlor boʻlgan moddalar viruslarni yoʻq qilishi mumkin, gap faqat COVID-19 haqida emas, balki boshqa viruslar haqida ham bormoqda. Masala shundaki, uy sharoitida biz antibakterial va antivirus faollikka ega boʻlgan kontsentratsiyani yarata olmaymiz. Aynan shu sababli, uy sharoitida boshqa vositalardan foydalanish tavsiya etiladi, aks holda nafas olib boʻlmaydigan holat yuzaga kelishi mumkin", - dedi Vodovozov.
Xlorka — samarali dezinfektor, lekin oʻta zaharli ham. Bu quruq, eritilgan va bugʻ shaklidagi moddalarga birdek tegishli. Xlorka ohagi va uning eritmalari bilan himoya niqobida, qoʻlqoplarda va koʻzoynak taqqan holda ishlash lozim.
Xonadonlarda esa tarkibida spirt boʻlgan moddalardan foydalanish lozim. Yoki boshqa variantlarni koʻrsa ham boʻladi. Deylik, tarkibida faol kislorod boʻlgan moddalarni. Xlorkali dezinfektsiya ishlarini klinika, kasalxona, doʻkonlar va boshqa sanoat binolarida oʻtkazish mumkin, deydi ekspert.