Dunyoda

Koronavirus bosh miyani jarohatlashi mumkin – Rossiya olimlari

© AP PhotoNovыy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestnыy kak 2019-nCoV
Novыy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestnыy kak 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Koronavirus infektsiyasiga chalinish bosh miyaning jiddiy jarohatiga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi rossiyalik olimlar.

TOSHKENT, 9 apr — Sputnik. Koronavirus infektsiyasiga chalinish bosh miyaning jiddiy jarohatiga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi rossiyalik olimlar. RIA Novosti xabariga asosan.

Izobrajeniye koronavirusa SARS-CoV-2(oboznachen jeltыm tsvetom), kotorыy porajayet kletki cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Olimlar koronavirusni davolashning yangi usulini topishdi

Sankt-Peterburg politexnika universiteti professori, molekulyar virosologiya va onkologiya sohasida tadqiqotlar rahbari Andrey Kozolovning fikriga koʻra, gripp va gerpes virusi singari  koronavirus miyaning butun bir qismlarini nobud boʻlishiga olib kelishi mumkin.  

Ayrim COVID-19 bemorlarda oʻpka jarohatlanmagan, biroq ularda parishonxotirlik va epileptik alomatlar kuzatilgan.

Avvalroq qayd etilganganidek taʼm va hidning yoʻqotish bilan birga, bunday alomatlar miya toʻqimalarining koronavirusga uchraganini koʻrsatishi mumkin.

Bundan tashqari, koronavirusga chalingan insonning immun tizimi qonga koʻp miqdorda tsitokin moddasini ishlab chiqaradi, bu esa entsefalopatiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Tyumen davlat universiteti biologiya instituti xodimi Nikolay Karpovning soʻzlariga koʻra, ortiqcha tsitokin qon tomirlari devorlariga zarar yetkazishi mumkin, keyin esa miyaga qon qoʻyilishi mumkin.

“Virus gematoentsefal toʻsiq orqali toʻgʻridan-toʻgʻri miya toʻqimalariga kirib borishi mumkin” – deydi Karpov.

Yangiliklar lentasi
0