TOSHKENT, 9 apr — Sputnik. 2020 yil 9 aprel soat 15:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 582 nafarni tashkil qilmoqda.
Sogʻayganlar soni 30 nafarni tashkil qilmoqda, uch kishi vafot etgan.
Bugun 9 apreldan boshlab, Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren, Yangiyoʻl va Chirchiq shaharlarida karantin tartiblari yanada kuchaytirildi.
Fuqarolarning ushbu shaharlarga kirishi va chiqishi cheklanadi. Favqulodda holatlar hamda yuk avtomobillari bundan mustasno.
Vaziyatdan kelib chiqib, ushbu hududlarga yondosh tumanlarda oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etiladi.
Bungacha Toshkent va Nukus shaharlari hamda 12 ta viloyatning maʼmuriy markazi boʻlgan shaharlarda karantin talablari kuchaytirilib, shaharlarga kirish va chiqish cheklangan.