Dunyoda

Tramp neft qazib olish hajmini OPEK+ bilan muvofiqlashtirishdan bosh tortdi

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka oʻtishMeropriyatiya v Parije v chest 100-letiya okonchaniya I mirovoy voynы
Meropriyatiya v Parije v chest 100-letiya okonchaniya I mirovoy voynы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bugun 9 aprel kuni OPEK+ formatida neft qazib oluvchi mamlakatlar va Rossiya uchrashuvi videokonferentsiya shaklida boʻlib oʻtadi. Unda neft qazib olish hajmini qisqartirish masalasi koʻrib chiqiladi.

TOSHKENT, 9 apr - Sputnik. AQSH OPEK+ bilan kelishilgan holda neft qazib olish hajmini qisqartirishga rozi emas, chunki Amerika neft kompaniyalari buni allaqachon kamaytirgan, dedi prezident Donald Tramp.

"Men unaqa deb hisoblamayman. Biz qisqartirib boʻldik. Biz bozorga qarab ish tutamiz.Neft ishlab chiqarish bilan muvaffaqqiyatli shugʻullanib kelayotgan Texas, Shimoliy Dakota va boshqalariga nazar tutsangiz, ular allaqachon kamaytirgan. Ular avtomatik ravishda kamaytirdi", - dedi u.

Tramp OPEK+ ishtirokchilari payshanba kuni boʻlajak yigʻilishda narxlar boʻyicha kelishib olishlariga umid bildirdi. Agar kelishuvga kelinmasa, unda Trampning soʻzlariga koʻra, uning "bir qator variantlari" bor.

Stanok-kachalka - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Neft narxi OPEK+ yigʻilishidan oldin koʻtarildi

"Menda yaxshi variantlar juda koʻp. Juda yaxshi variantlar. Ehtimol, ular menga koʻproq maʼkul boʻladi. Koʻramiz nima boʻladi. Umid qilamanki, ular kelishib oladilar", - dedi AQSH prezidenti.

Payshanba kuni OPEK+ uchrashuvi videokonferentsiya shaklida boʻlib oʻtadi, unda bozor konʼyunkturasini barqarorlashtirish uchun neft qazib olishni yangi qisqartilishi koʻrib chiqiladi, undan soʻng juma kuni G20 energetika vazirlarining energetika bozorlarining barqarorligi boʻyicha uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

Avvalroq, RBK Rossiya Energetika vazirligidagi yaqin manbasiga tayanib xabar berishicha, Rossiya OPEK+ yangi kelishuviga kuniga 70 million barrel miqdorida  neft ishlab chiqaruvchi davlatlar qoʻshilishini kutmoqda. Ular orasida Braziliya, Norvegiya, Kanada, AQSH va boshqa davlatlar bor. Bunday holda, Rossiya kuniga ishlab chiqarishni tahminan 1,6 million barrelga kamaytirishi mumkin. Bu birinchi chorak darajasining 14 foizini tashkil etadi (kuniga taxminan 11,3 million barrel).

Prezident SSHA Donald Tramp i naslednыy prints Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp Moskva va Ar-Riyodga neft qazib olishda imtiyoz vaʼda bermaganini aytdi

Chorshanba kuni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov talabning pasayishi va bozorning oʻzgaruvchanligi tufayli neft qazib olishning tabiiy pasayishini vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan ixtiyoriy cheklovlar bilan taqqoslash mumkin emasligini aytdi.

Dunyo miqyosida koronavirus pandemiyasi sharoitida neftga boʻlgan talab yil boshida pasayib ketdi. Bu narxlarning keskin pasayishiga olib keldi. Bundan tashqari, mart oyining boshida OPEK+ ga aʼzo davlatlar neft qazib olishni qisqartirish va uni uzaytirish boʻyicha bitim parametrlari boʻyicha kelisha olmadilar. Ar-Riyod ishlab chiqarishni qoʻshimcha qisqartirishni talab qildi, ammo bu joriy sharoitni saqlab qolishni taklif qilgan Moskvaga toʻgʻri kelmadi.

Shu sababli, 1 apreldan boshlab OPEK+ bitimining ishtirokchilarining bir-birlari oldidagi majburiyatlari bekor qilindi. BAA va Saudiya Arabistoni neft yetkazib berishni koʻpaytirish rejalari haqida eʼlon qilishdi. Bu jahon bozorida neft narxlarining pasayishiga olib keldi.

Yangiliklar lentasi
0