Jamiyat

Artikxodjayev Toshkentda uyini ijaraga berayotganlarga murojaat qildi

© Ramiz BaxtiyarovJaxongir Artikxodjayev, ispolnyayuщiy obyazannosti xokima goroda Tashkenta
Jaxongir Artikxodjayev, ispolnyayuщiy obyazannosti xokima goroda Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shuni bilingki, bu kunlar unutiladi, ammo yaxshilik unutilmaydi, deb yakun yasagan Artikxodjayev oʻz murojaatiga.

TOSHKENT, 10 apr - Sputnik. Toshkent hokimi Jahongir Artikxodjayev poytaxtda uyini ijaraga beradigan fuqarolarga murojaat qilib, koronavirus tufayli yuzaga kelgan murakkab bir sharoitda sabrli boʻlishga chaqirdi.

Nasiliye - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
BMT karantinda uydagi zoʻravonlikka eʼtibor berishga chaqirdi

"Bugungi kun barchamiz uchun sinov. Ana shunday sinovli kunlarda barchamiz bir-birimizni har qachongidanda koʻproq qoʻllab-quvvatlab, yordamimizga muhtoj kishilarga qoʻl choʻzishimiz, ogʻirini yengil qilib, koʻmak berishimiz kerak.

Kuch birlikda! Bugun bir boʻlib, jipslashib, dunyo gardaniga tushgan dardni yengishimiz shart.

Shahrimizda ijarada yashayotgan fuqarolarimiz bor. Ular orasida olis manzildan kelib yashayotganlar ham bor. Ular bugun karantin qoidalariga rioya qilgan holda, oʻz oilalari bagʻridan uzoqda, ijara uylarda yashashmoqda. Ular orasida karantin sababli, vaqtincha ishlamayotganlari ham bor. Bunday sharoitda albatta, ularga oson tutib boʻlmaydi. Bir tomondan ijara pulini toʻlash, bir tomondan oilalarini ehtiyot qilish, roʻzgʻor tebratish masʼuliyati yelkalarida turibdi.

Shu bois, men ijara beruvchilarga shunday sinovli kunlarda sabrli boʻlib, ularning holatini toʻgʻri baholashlarini, ijara pulini vaqtincha talab qilmay turishlarini soʻragan boʻlardim. Vaqtinchalik toʻlanmagan ijara haqqi esa keyinchalik toʻlab berish sharti bilan ijarada turuvchi fuqarolarga taqdim etilsa, fikrimcha, adolatli boʻladi. Sinovli kunlarda oʻzaro ishonch, hamjihatlik ham juda muhim", - deyiladi Toshkent hokimi murojaatida.

Shuni bilingki, bu kunlar unutiladi, ammo yaxshilik unutilmaydi, deb yakun yasagan Artikxodjayev oʻz murojaatiga.

Yangiliklar lentasi
0