COVID-19ga chalinganlar bilan muloqot qilgan 100 ming kishi ro‘yxati shakllantirilgan - SSV

© REUTERS / Pablo SanhuezaPara v v mejdunarodnom aeroportu v Santyago, Chili
Para v v mejdunarodnom aeroportu v Santyago, Chili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Almatov koronavirus infeksiyasi tarqalishi bo‘yicha tahlil natijalarini e’lon qildi

TOShKENT, 10 apr - Sputnik. Bugungi kunda xorijdan kelgan 94 nafar fuqarodan tarqalishi mumkin bo‘lgan 100 mingdan ortiq aholining to‘liq ro‘yxati shakllantirilgan, deb ma’lum qildi bugun AOKA shtabida o‘tkazilgan brifing davomida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov.

Brigada skoroy meditsinskoy pomoshi dostavila patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu v Kommunarke - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tufayli o‘lgan onaxonning dafn marosimida qarindoshlari ishtirok eta olmadi

Almatovning ta’kidlashicha, har biri bo‘yicha alohida-alohida surishtirish ishlari, profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Mamlakat bo‘yicha tahlil qilinganida, kasallik 94 ta holatda chet elda bo‘lgan fuqarolarda aniqlangan hamda ulardan ketma-ketlikda tarqalgan 440 ta holatda O‘zbekiston fuqarolari kasallangan.

Muloqotda bo‘lganlar tahlil qilinganida, infeksiya 19 ta oilada qayd etilgani va ulardan oila a’zolariga, qarindosh-urug‘lariga tarqagani aniqlangan.

Oxiri yo‘q: sog‘ayganlarda koronavirus qayta paydo bo‘lmoqda >>>

Chet eldan yuqtirib kelgan fuqarolar orqali 40 ta korxona, tashkilotlarda ishlaydigan hamkasblariga yuqtirganlik holatlari aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, shu paytga qadar O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 624 kishiga yetdi. Tuzalganlarning jami soni 38 kishini tashkil qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0