Koronavirus oddiy gripp kabi mavsumiy kasallikka aylanadi – ekspert

© Fotoxost-agentstvo sco-russia2020.ru / Mediabankka o‘tishSoveshanie glav slujb gosudarstv-chlenov ShOS, otvechayushix za obespechenie sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya
Soveshanie glav slujb gosudarstv-chlenov ShOS, otvechayushix za obespechenie sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus oddiy gripp kabi mavsumiy kasallika aylanishi uchun Yer sharining 50-60 % aholisida unga qarshi immunitet paydo bo‘lishi kerak.

TOShKENT, 10 apr – Sputnik. COVID-19 – oddiy grippga o‘xshagan mavsumiy kasallikka aylanadi, deb ishonch bildirdi Rossiyaning viruslarni o‘rganish  bo‘yicha eng nufuzli laboratoriyasi “Vektor” virusologiya va biotexnologiyalar markazi direktori Rinat Maksutov.

Maksutov aytishiga qaraganda, koronavirusni yengish uchun insoniyatning aksariyatida (Yer shari aholisining 50-60 %) unga qarshi immunitet vujudga kelishi kerak. O‘shanda COVID-19 hal yili bo‘ladigan mavsumiy gripp epidemiyasiga o‘xshash kechadi.  

Koronavirusga qarshi immunitet paydo bo‘lishi uchun odam ushbu kasallik bilan kasallanib uni yengishi yoki ushbu virusga qarshi emlanishi kerak, lekin vaksina tayyor bo‘lishiga hali erta. Yangi vaksina 2020-yil davomida ishlab chiqarilgan taqdirda ham, dastlab uni hayvonlarda sinovdan o‘tkazish kerak, keyin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish kerak, deydi Maksutov.   

Kasallikni o‘z kuchi bilan yenggan kishilar qonida 2 hafta ichida ushbu virusga qarshi kurashuvchi antitelalar paydo bo‘ladi va bir necha oy yoki yillar davomida odam organizmida saqlanib qoladi. Rossiyada ushbu antitelalarni aniqlovchi testlar ishlab chiqarish boshlangan. Dushanba kuni 20 mingdan iborat birinchi partiya turli hududlarga yuboriladi, deydi “Vektor” markazi direktori.

Eslatib o‘tamiz, “Vektor” markazi tomonidan bugungi kunda koronavirusni 2 soat ichida aniqlaydigan test-sistemalar ishlab chiqarilgan. Shuningdek koronavirusga qarshi vaksinalar sinovining birinchi bosqichi 22-iyunda tugatilishi e’lon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0