Bino oldidagi yotoqxonada istiqomat qilgan migrantlar birinchilardan boʻlib yordamga keldilar.
Oʻt oʻchiruvchilar kelishiga qadar Oʻzbekiston va Tojikistondan kelgan migrantlar qariyatlarni koʻtarib koʻchaga olib chiqishdi. Pensionerlar arqon va narvon yordamida koʻchaga olib chiqildi.
Yongʻin oqibatida 16 kishi jarohatlandi, 4 kishi halok boʻldi. Hozir tergovchilar yongʻin sabablarini aniqlamoqda. Asosiy versiya – elektr sim oʻtkazgich va isitish qozoni nosozligi.