Jamiyat

Muhim maktub: Tanzila Narbayeva Matviyenkodan oʻzbekistonliklarga amaliy yordam berishni soʻradi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
8 aprel kuni Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoga maktub yoʻlladi.

TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. 8 aprel kuni Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoga maktub yoʻlladi

Vernuvshiyesya iz Latvii i Irana uzbekistantsы otpravilis domoy posle karantina - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
"Pul yoʻq": patent toʻlovini vaqtincha bekor qilish boʻyicha hukumatga murojaat yoʻllandi

Maktubda Rossiya xalqiga epidemiyani tez orada yengib oʻtishiga chin dildan tilak bildirib, global koronavirus pandemiyasi sharoitida ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan, parlamentlararo muloqotni qoʻllab-quvvatlash alohida ahamiyat kasb etishi qayd etilgan. 

Oʻzbekiston Rossiya Federatsiyasi hukumatining fuqarolarning Rossiyada boʻlib turishi uchun ruxsat etilgan muddatni uzaytirish hamda mamlakat tashqarisiga chiqish zaruratisiz mehnat faoliyatini davom ettirish uchun yangi patentlar olish shartlarini yengillashtirish boʻyicha qarorini qoʻllab-quvvatlagan.

Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarining yuqorida qayd etilgan muammolariga ham eʼtibor qaratilib, ularni tezkorlik bilan hal qilishda amaliy yordam koʻrsatish soʻralgan.

Yangiliklar lentasi
0