OPEK+ bitimining yangi parametrlari oshkor qilindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNeftanie stanki-kachalki
Neftanie stanki-kachalki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Payshanba kuni bo‘lib o‘tgan o‘n soatlik muzokaralar natijasi bo‘yicha OPEK+ bu shartlarga rozi bo‘lmagan Meksika kelishilgan kvotalarni bajarishga majbur degan shart bilan hamkorlik deklaratsiyasini qabul qildi

TOShKENT, 10 apr - Sputnik. OPEK+ ishtirokchilari may-iyun oylarida ishlab chiqarishni kuniga o‘n million barrelga qisqartirish majburiyatini o‘z zimmalariga oldi, ammo bitim kuchga kirishi uchun Meksikaning roziligi talab qilinadi, deb habar berishdi RIA Novostiga Ozarbayjon Energetika vazirligida.

Meropriyatiya v Parije v chest 100-letiya okonchaniya I mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Tramp neft qazib olish hajmini OPEK+ bilan muvofiqlashtirishdan bosh tortdi

Payshanba kuni bo‘lib o‘tgan o‘n soatlik muzokaralar natijasi bo‘yicha OPEK+ bu shartlarga rozi bo‘lmagan Meksika kelishilgan kvotalarni bajarishga majbur degan shart bilan hamkorlik deklaratsiyasini qabul qildi.

"Ushbu bosqichda OPEK davlatlari uchun ishlab chiqarish majburiyatlari kuniga 6,085 million barrelni va OPEKdan tashqaridagi davlatlar uchun kuniga 3,915 million barrelni tashkil etdi", - deya bitim tafsilotlari oshkor qildi Ozarbayjon Energetika vazirligi.

Yilning qolgan qismida ishlab chiqarishning umumiy pasayishi sakkiz million barrelni tashkil etadi, ya’ni 2018-yil oktabr oyiga nisbatan 18%. 2021-yil yanvaridan 2022-yil aprelgacha OPEK + ishlab chiqarishni olti million barrelga qisqartirish majburiyatini olgan, bu 2018-yil oktabr oyiga nisbatan 14% tashkil etadi.

Uchrashuvning yakuniy bayonotidan kelib chiqqan holda, Rossiya va Saudiya Arabistoni OPEK+ yangi kelishuvining may oyidan iyun oyi oxirigacha amalga oshirilganida, kuniga 8,5 million barreldan ko‘p bo‘lmagan neft hajmini qazib olishga majbur bo‘ladi.

Prezident SShA Donald Tramp i nasledniy prins Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, OPEK + AQSh - neft bozorida yangi kelishuv bo‘ladimi?

RIA Novosti manbalarining xabar berishicha, Meksika va OPEK+ boshqa ishtirokchilari yangi kelishuv bo‘yicha ishlab chiqarishni qisqartirish xisobi bazaviy darajalari bo‘yicha bir-birlari bilan kelisha olmadi. Ushbu mamlakat hukumati ishlab chiqarishni 2018-yil oktabr oyi hisobidan kelib chiqib kuniga 400 ming barrelga qisqartirishga qaratilgan OPEK + bitimining uch bosqichli kvotasiga rozi bo‘lmaganlar va ishlab chiqarishni atigi 100 ming barrelga qisqartirishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Muhokama juma kuni G20 formati asosida davom etadi.

OPEK+ davlatlari 6-martdagi neft qazib olishni qisqartirish uchun bitim parametrlarini o‘zgartirish va kelishuvni uzaytirish bo‘yicha kelisha olmadilar. Natijada, 1-apreldan oldingi alyansga a’zo mamlakatlarda qazib olish bo‘yicha cheklovlar yo‘q bo‘ldi. Bu koronavirus pandemiyasi bilan bir qatorda, neft bozorida inqirozga olib keldi.

Yangiliklar lentasi
0