"O‘rmonga bor, chumolilarga non ber" yoki Buratiyaga sayohat

© Sputnik / Irina OvchinnikovaOdno iz zdaniy na territorii sentra Buddiyskoy traditsionnoy Sangxi Rossii
Odno iz zdaniy na territorii sentra Buddiyskoy traditsionnoy Sangxi Rossii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘chmanchi mo‘g‘ullar o‘tovlari, staroobradchilar rang-barang uylari, Baykal bo‘yidagi dag‘al monastir - Buratiyada bularning hammasi sayyohlar uchun ochiq.

Yo‘lboshchi yuzlab yillar oldin odamlar qanday yashagani haqida gapirganda, odatda, ko‘z oldingizda o‘tmishning yorqin lavhalari paydo bo‘ladi. Qaniydi shularni o‘z ko‘zim bilan ko‘rsam, deb o‘ylaydi kishi. Buratiyada esa o‘tmish haqiqatda ko‘z oldingizda paydo bo‘ladi. RIA Novosti muallifi Irina Ovchinnikova materialida.

Nega lama qush kabi uchmaydi?

"Sen atigi 75-yil umr ko‘rasan, uzaytirishin kerak, - deydi Atsagat datsanilik Tarba Lama Dorjiyev. - O‘rmonga bor, chumolilarni qora non ber". Uning ohangida aniqlik sezilmaydi.

© Sputnik / Irina OvchinnikovaTarba Lama Dorjiyev
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
Tarba Lama Dorjiyev

Uning so‘zlariga ko‘ra, menga o‘hshagan, aniq so‘rovlarlari yo‘qlari kam. Kvartirani qayerdan sotib olishni so‘rashadi, to‘ydan oldin ularga maslahat olishadi  - mosligini tekshiradilar. So‘nggi paytlarda tobora ko‘proq rus ayollari, musulmonlar kelmoqda.

 "Buddizm bu din emas, balki ta’limot, shuning uchun bunda ishonishlik majbur emas, - deya tushuntiradi Dorjiyev. - Men doim aytaman: quyosh hammaga bir xil nur sochadi".

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishXambo Lama saroyi oldidagi muqaddas nog‘oralar
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
Xambo Lama saroyi oldidagi muqaddas nog‘oralar

Lama-faylasuf sifatida (ular tabib, munajjim, tasviriy san’atda mahsus bilmga ixtisoslashgan bo‘ladilar) u ma’ruzalar o‘qiydi. "Mendan g‘ayritabiiy biror narsa ko‘rsatishni so‘rashadi, hamma mo‘’jiza istaydi, ular bo‘lmaydiku. Ustiga ustak, men uchib ketsam, bundan barcha qo‘rqib ketardi”, - deya qo‘shib qo‘ydi Dorjiyev mug‘ombirona tabassum bilan.

Mo‘g‘ullar sovg‘asi

Atsagat datsani - Buddist universiteti-monastiri - mamlakatdagi eng qadimiylaridan biri. Aytishlaricha, unga bo‘lajak imperator Nikolay II Buratiyaga kelganida tashrif buyurgan.

© Sputnik / Irina OvchinnikovaEkskursovod v dome-muzee Agvana Dorjiyeva
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
Ekskursovod v dome-muzee Agvana Dorjiyeva

Norin-Atsagat qishlog‘ida yana bir diqqatga sazovor joy bor - Tibetning diniy va dunyoviy yetakchisi Dalay-lama XIII ning (1876–1933) yettita ustozidan biri bo‘lgan Agvan Dorjiyevning uy-muzeyi. Ko‘rimsiz kulba bu yerda bo‘lgan barcha buddistlarni hijolatga soladigan narsani yashiradi. Dorjiyev va uning shogirdining mum haykalidan tashqari Dalay-lama XIV haykali ham bor.

© Sputnik / Vladimir Pesnia / Mediabankka o‘tishBuddiyskiy monastirskiy kompleks Ivolginskiy datsan v Buratii
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
Buddiyskiy monastirskiy kompleks Ivolginskiy datsan v Buratii

Hali tirik bunday tarzda tasvirlash mumkin emas, ammo Mongoliyadagi yosh ustalar Dalay-Lamalar bittadan ko‘p deb o‘ylamaganlar. Va ular o‘zlari taniganini - hozirgi kunda tirigini haykalini yasadilar.

DORJIYeV DIPLOMAT, USTOZ, JAMIYaT ARBOBI. BUNDAN TAShQARI U SANKT-PETERBURGDA YeVROPADAGI BIRINChI BUDDISTLAR IBODATHONASINI QURILIShINING TAShABBUSKORI.

 "Bir safar Sankt-Peterburg maktablari direktorlari kelganida men ularga datsan Malaya Nevka darosi sohilida joylashganini aytdim. Ular - u yerda daryo yo‘q, metro bor! – deb eslaydi yo‘lboshchi Irdini Dara Batmayevna. - Keyin men o‘zim borib, ishonch hosil qildim - chindan ham daryo yo‘q".

O‘tovdagi kommunizm

"Havoga zanjirni tashlab, havodaligida uyumdan iloji boricha ko‘proq alchiklarni (suyaklarni) o‘zingizga siljitishingiz kerak. Eplay olmadizmi? Bir poda qo‘y yutqazdim hisoblayvering”, - deb stol o‘yini qoidalarini tushuntiradi yo‘lboshchi etnik majmuada.

© Sputnik / Irina OvchinnikovaEtnokompleks "Stepnoy kochevnik"
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
Etnokompleks "Stepnoy kochevnik"

"Cho‘l ko‘chmanchisi" da (Atsagatdan o‘n daqiqalik masofada) mo‘g‘ullarning qanday yashaganini ko‘rish va milliy kiyimlarni kiyib ko‘rish mumkin. O‘tov ichida huddi birov yashayotganday va egalari bir ozga tashqariga chiqqanday. Markazda o‘choq, chap yarmi odatda ayollarniki, o‘ng yarmi erkaklarniki  va ikki bo‘lak birlashgan joyida ibodat joyi. Har bir mehmon kirishi bilan u yerga darhol o‘tishi kerak.

© Sputnik / Irina OvchinnikovaV etnokomplekse "Stepnoy kochevnik"
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
V etnokomplekse "Stepnoy kochevnik"

Biz buratga aylanamiz - biz "Yoxor" halq raqsiga qo‘shiqlar bilan raqsga tushamiz. So‘zlarni tushunib bo‘lmaydi, lekin quvnoqqa o‘hshaydi, bir necha bor "Komsomol" va, ehtimol, "elektrifikatsiya" so‘zlari quloqqa chalinganday eshitiladi. Men hazillashapsizmi deb so‘rayman? Yo‘q, deydi ular, bu haqiqat, sovet davridan shunday milliy qo‘shiq.

© Sputnik / Irina OvchinnikovaXrebtovie kosti dlya traditsionnix buratskix igr
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
Xrebtovie kosti dlya traditsionnix buratskix igr

XX asr boshlarida cho‘l ko‘chmanchilari makon topib, kulbalarda yashay boshladilar. Oddiygina, faqat pechka, o‘tovdagi kabi o‘rtada.

Rossiyadagi Tibet buddizmi

Rossiyaning Buddist an’anaviy Sangxasining asosiy datsani - Ivolginskiy - Buratiya poytaxti Ulan-Ude shahridan 30 kilometr narida joylashgan. Bu yerda o‘nga yaqin ibodathona bor. Har birining ichida – qator-qator ustunlar bor zallar, tomlari xitoycha uslubda egilgan. Garchi Buratiyada buddizm boshqacha, Osmonosti davlat (Xitoy), Tayland yoki Vyetnamdegiga o‘xshamaydi. Bu "sariq rangli" deb nomlanadigan o‘ziga hos Tibet an’anasi. Unda alohida e’tibor odob-axloq, monaxlik intizomi va falsafaga qaratilgan.

© Sputnik / Irina OvchinnikovaZdanie na territorii Ivolginskogo datsana
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
Zdanie na territorii Ivolginskogo datsana

ibodatxonalarning birida Xambo-lama Itigelovning boqiy tanasi saqlanadi. Afsonaga ko‘ra, 1927-yilda Sharqiy Sibir buddistlarining rahnamosi nirvanaga cho‘kdi. Endilikda minglab dindorlar uning oldiga so‘rash uchun va, asosiysi, eng muhim ishlar haqida bilish uchun kelishadi. Javob yuzning deyarli sezilmaydigan harakati bo‘ladi, deb hisoblanadi. Hech kim ular ko‘rgan narsalar haqida gapira olmaydi - tabassum yoki qoshlarining izn bermaydigan harakati.

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishXambo Lama saroyi oldidagi yosh ruhoniy
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
Xambo Lama saroyi oldidagi yosh ruhoniy

O‘zi bilan o‘zi

"Yana men shunday zamonlar shohidi bo‘lganmanki, oilalilarning uyiga kirib, bir krujka suv so‘raysiz, ichib bo‘lib va panjaradan chiqishingiz bilanoq idishning sinishi ovozi eshitiladi. Ular begonalardan keyin idishni yuvishmagan - kasalliklardan juda qo‘rqishgan", - deydi Valentin, mahalliy sayyohlik agentligi xodimi, Tarbagatayga - staroobradchilar qishlog‘iga yo‘l-yo‘lakay ketayotib.

© Sputnik / Irina OvchinnikovaTarbagatay qishlog‘idagi staroobradchilar cherkovi
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
Tarbagatay qishlog‘idagi staroobradchilar cherkovi

Oilalilar (semeyskie) deb, XVIII asrda, Rech Pospolitaya parchalanishidan keyin, Zabaykalyega ko‘chirilib kelganlarni nomlangan (ular katta oila bo‘lib kelishgan).

 "Parchalanishdan keyin yuz yil, biz Polshada bo‘ldik, ammo Yekaterina II bizni uzoq o‘lkaga yuborishga qaror qildi, - deb cherkov ruhoniy Sergiy ota bizni kutib oldi. - Keyin yaxshi yashadik, inqilobdan oldin qishloqda beshta cherkov va sobor bor edi. Unda 1934-yildan hozirgi kungacha kasalxona joylashgan".

© Sputnik / Irina OvchinnikovaTarbagatay qishlog‘i cherkovi ruhoniysi Sergiy
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
Tarbagatay qishlog‘i cherkovi ruhoniysi Sergiy

U ikki barmoqli va uch barmoqli cho‘qinishni, sakkiz qirrali xochlarni tushuntiradi, qo‘lozma kitoblarni ko‘rsatadi. U qat’iy ravishda: "Bizda ruhoniylarga ruxsat etilmagan narsa juda ko‘p, aks holda inoyat yo‘qoladi".

Ammo uning tashabbusi bilan tashkil etilgan tarix va madaniyat muzeyida Sergiy ota eksponatlarning suratga olishni so‘raydi, 300-yillik shamolchilar va urug‘ ekuvchilarni, shuningdek, mahalliylarning kiyimlarini g‘urur bilan namoyish etadi. Ular juda yaxshi saqlangan, ranglari juda yorqin - bu matolar Xitoydan yaqin atrofda o‘tgan savdo yo‘li orqali keltirilgan. Darhaqiqat, bu yerdagilar, yuqori did bilan yaxshi yashashgan.

Staroobradchi bilan turmush qurish

"Bizda to‘yga mehmonlar chaqirilmagan, yosh kelin-kuyov uyma-uy shirinliklar tarqatib yurishgan, - deb so‘zlab beradilar Desatnikovo qishlog‘idagi «V gostax u semeyskix” markazida. – Shuning uchun, qo‘shnilar tugashi bilan bayram ham tugardi".

© Sputnik / Irina OvchinnikovaDesatnikovo qishlog‘idagi staroobradchilar
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
Desatnikovo qishlog‘idagi staroobradchilar

Bu yerda, haqiqiy hovlida, mahalliy staroobradchilar qanday yashaganliklari (va yashashni davom ettirayotgan) namoyish etiladi. Ammo endi an’anaviy to‘ylar yo‘q, yoshlar shaharlarga ketib qolyaptilar. Qariyalar esa Polshada yashagan ota-bobolarining qo‘shiqlarini kuylashadi, sayyohlar uchun marosimlarni namoyish qiladilar, pechda yoki ochiq olovda pishirilgan taomlar bilan mehmon qilishadi.

© Sputnik / Irina OvchinnikovaTarbagatay qishlog‘idagi "to‘y marosimi" tomoshasi
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
Tarbagatay qishlog‘idagi "to‘y marosimi" tomoshasi

Shuningdek suyuq holva taklif qiladilar – nonga murabboni surtish kabi juda qulay. Qadimgi retsept uzoq vaqtdan beri qo‘llanilmaydi - do‘konda sotib olinadi. Faqat suv hammomida eritib, asal qo‘shib qo‘yish kifoya. Desatnikovo Buratiyaning eng go‘zal qishlog‘i hisoblanadi va ko‘pincha Rossiyaning shunga o‘xshash reytinglariga kiradi. Ammo rang-barang bo‘yalgan rom chaspagli kulbalar tez orada yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

© Sputnik / Irina OvchinnikovaDom v sele Desatnikovo
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
Dom v sele Desatnikovo

 "Tobora ko‘proq odamlar uy fasadlarini plastik bilan qoplashmoqda - ularni yilda ikki marta bo‘yash shart emas, chunki bizda hammasi quyoshda tez o‘ngib ketadi, -  deydi Lyubov Plastinina, staroobradchilar markazi rahbari. - So‘nggi o‘n yil davomida men hokimiyatdan bo‘yoqlar taqdim qilishlarini so‘rab kelaman, hozircha natija yo‘q".

© Sputnik / Irina OvchinnikovaTarbagatay qishlog‘idagi Staroobradchilar urf-odatlari muzeyi
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
Tarbagatay qishlog‘idagi Staroobradchilar urf-odatlari muzeyi

Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyadan oldin ko‘proq xitoyliklar, ko‘plab nemislar, yaponiyaliklar Desatnikovoda an’anaviy turmush tarzini ko‘rgani kelardi. Rossiyaliklar - 20% atrofida.

Doimiylik shamoli

Baykal ko‘lining sharqiy qirg‘og‘ida kamida yana bitta nuqta bor, u yerda o‘tmishga yana bir bor nazar tashlash mumkin. 1682-yildan beri rus elchixonasi a’zolarining mahalliy mo‘g‘ullar tomonidan o‘ldirilgan joyida Posolskiy Spaso-Preobrajenskiy monastiri joylashgan.

© Sputnik / Irina OvchinnikovaPosolskiy monastir na beregu Baykala
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
Posolskiy monastir na beregu Baykala

Cherkovda Cho‘qintiruvchi Avliyo Ioann, Nikolay Sehrgar va boshqalarning qoldiqlari solingan quti bor - bu keksa italiyalik ayolning sovg‘asi. «U nega bizga bunchalik e’tibor qaratishga qaror qilganini tushunmayman,-deydi Luka ota. - Aytishlaricha, uning o‘g‘li diplomat, bizning esa ushbu faoliyatga aloqamiz bor".

© Sputnik / Irina OvchinnikovaDom v sele Atsagat, Buratiya
O‘rmonga bor, chumolilarga non ber yoki Buratiyaga sayohat - Sputnik O‘zbekiston
Dom v sele Atsagat, Buratiya

Ziyoratchilar uchun mehmonxona ham mavjud. Lekin odamlar bu yerga asosan yozda - shamol unchalik kuchli va sovuq bo‘lmaganda keladilar.

* Materialni tayyorlashda yordam bergani uchun Buratiya Respublikasi Axborot siyosati qo‘mitasiga minnatdorchilik bildiramiz.

Yangiliklar lentasi
0