Xonanda Sevara Nazarxon xayriya markazida volontorlik qilmoqda

© MyDay.uzBurya emotsiy i surprizi: konsert Sevari v Tashkente
Burya emotsiy i surprizi: konsert Sevari v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xonanda Sevara Nazarxonning xayriya markazidagi ko‘ngilli ishchi sifatidagi beg‘araz yordami muxlislari tomonidan olqishlarga sazovor bo‘lmoqda

TOShKENT, 11 apr - Sputnik. Taniqli estrada xonandasi Sevara Nazarxon Toshkentda tashkil etilgan xayriya ishlarini yagona muvofiqlashtiruvchi markazda volonterlik qilmoqda.

Bu haqda xonanda o‘z instagram ida ma’lum qilgan.

View this post on Instagram

A post shared by Sevara Nazarkhan (@sevara_nazarkhan) on

"Bugun call-sentra 1197 liniyasidaman... Ajoyib insonlarning ajoyib ishi!", deb yozib qoldirgan xonanda va ushbu ishga aloqador bo‘lgan barchaga o‘z minnatdorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida O‘zbekistonda maxsus komissiya qaroriga ko‘ra ehtiyojmand shaxslarga xayriya yordamlarini manzilli yetkazilishida ko‘maklashuvchi Homiylik xayriyalarini muvofiqlshtirish markazlari tashkil qilingan edi.

Xayriya markazi faoliyati - video >>>

Ushbu markazda xayriya maqsadida jamlangan va xarid qilingan oziq-ovqat va tibbiyot buyumlari jamlanib, manzilga yetkazib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0