TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Yana 32 nafar oʻzbekistonlikda koronavirus infektsiyasi aniqlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.
“2020 yil 12 aprel soat 23:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 865 nafarni tashkil qilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Oʻzbekistonda 24 kishi ushbu kasallikni yengishga muvaffaq boʻlgani xabar qilingan edi. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanib undan tuzalib ketganlar 66 kishini tashkil qilmoqda. 4 kishi koronavirus qurboni boʻlgan.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi infektsiyasi tarqalishini pandemiya deb tan oldi. 12 aprel holatiga koʻra, dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 1,7 milliondan ziyod kishini tashkil etmoqda. Ushbu infektsiyani 405 791 kishi yengishga muvaffaq boʻlgan. 108 mingdan ziyod kishi koronavirus qurboniga aylangan.