FVV Kattaqo‘rg‘ondagi gaz portlashi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi

© Press-slujba MChSTri cheloveka pogibli v rezultate obrusheniya doma v Kattakurgane
Tri cheloveka pogibli v rezultate obrusheniya doma v Kattakurgane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, Qattaqo‘rg‘ondagi hodisa oqibatida uch kishi qurbon bo‘lgan.

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kattaqo‘rg‘on shahridagi gaz portlashi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, yana 4 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Vzriv gaza v gorode Kattakurgan - Sputnik O‘zbekiston
Kattaqo‘rg‘on shahrida gaz portladi: qurbonlar bor

Ma’lum qilinishicha, hodisadan jabrlanganlarning barchasi ushbu uyda istiqomat qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga uyning birinchi qavatidagi kvartirada is gazi sizib chiqishi sabab bo‘lgan.

Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tuzilmalar xodimlari voqea joyida qutqaruv ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kattaqo‘rg‘on shahrida ikki qavatli uydagi portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘lib, 5 kishi jarohatlangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0