TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Samarqand viloyatning Kattaqoʻrgʻon shahridagi ikki qavatli uylarning birida gaz portladi.
Samarqand viloyati IIB xabariga koʻra, portlash 12 aprel kuni Kattaqoʻrgʻon shahar Goʻzalkent mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli Bobur koʻchasidagi ikki qavatli uylarning birida sodir boʻlgan.
“Chaqnash oqibatida ikki nafar fuqaro olgan tan jarohatlari natijasida vafot etdi”, - deyilgan xabarda.
Besh nafar fuqaro esa turli tan jarohatlari bilan Kattaqoʻrgʻon shahar tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.