TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Koronavirus pandemiyasi tufayli cheklovlar sharoitida Vladimir Putinga jonli muloqot yetishmayapti. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Rossiya-1” telekanalidagi “Moskva. Kreml. Putin” koʻrsatuvida maʼlum qildi.
“Ishinchim komilki, zerikmoqda. Uning uchun odamlar bilan muloqot qilish uning ishidagi mutlaqo ustuvorlikdir. U aynan undan voqelikni tushunadi”, - dedi Peskov.
Shu bilan birga, Peskov toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilishning imkoni yoʻqligi Putinning ish jadvali surʼatiga hech qanday taʼsir koʻrsatmayotganini qoʻshimcha qildi. Putin oddiy kunlarga qaraganda, yanada gʻayrat bilan ishlamoqda.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida 30 aprelga qadar dam olish kuni deb eʼlon qilgan edi. Rossiyaning barcha mintaqalarida oʻzini yakkalash hayot tarzi joriy etilgan.