TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Adliya vazirligi 9 aprelga qadar berilgan stikerlar bekor va oʻz kuchini yoʻqotmaganini eslatdi.
2020 yil 9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma berish toʻxtatilgan edi. Bu ilgari berilgan ruxsatnomalar oʻz kuchini saqlab qolishi yuzasidan ayrim tushunmovchiliklar yuzaga kelgan.
“Shunga koʻra, Maxsus komissiyaning yuqoridagi qaroriga asosan avtotransport vositalariga 2020 yil 9 aprel kuniga qadar taqdim etilgan maxsus ruxsatnomalar (stikerlar) asosida hozirda harakatlanish huquqi saqlab qolinganligini yana bir bor eslatib oʻtamiz”, - deyilgan xabarda.
Vazirlik fuqarolardan maxsus ruxsatnomalardan maqsadli foydalanish orqali eʼlon qilingan karantin tadbirlariga qatʼiy rioya etishlarini soʻragan.