O‘zbekiston Belarusga insonparvarlik yordamini yubordi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaUzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh v Kitay
Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh v Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yuk tarkibiga tibbiy niqoblar va qo‘lqoplar, himoya kombinezonlari, antiseptiklar va koronavirusga qarshi kurashishda zarur bo‘lgan boshqa tibbiy vositalar kiritilgan.

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekiston  prezidenti Shavkat Mirziyoyevning belarus xalqiga do‘stona yordami yuborildi.

Emomali Raxmon vstretil Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevga insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirdi

 “Dunyo” AA xabariga ko‘ra, yordam do‘st belarus xalqiga bugun butun dunyoni qamrab olgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda ko‘mak beradi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan shakllantirilgan yuk tarkibiga tibbiy niqoblar va qo‘lqoplar, himoya kombinezonlari, antiseptiklar va koronavirusga qarshi kurashishda zarur bo‘lgan boshqa tibbiy vositalar kiritilgan.

Do‘stona yordam Mudofaa vazirligi samolyotida Minskka yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Xitoy, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston davlatlariga ham insonparvarlik yordamini yuborgan edi.

Yangiliklar lentasi
0