TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallangan yana 19 nafar bemor shifo topdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa masʼullar tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan.
Shu tariqa, Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanib tuzalib ketganlar soni 61 nafarga yetdi.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra Oʻzbekistonda 833 kishi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 4 nafari vafot etgan.