Dunyoda

“Buning uchun kim toʻlaydi”: shifokor bemorning juda taʼsirli soʻzlari bilan boʻlishdi

© Sputnik / Tatyana Stolyarova / Fotobankka oʻtishPolevoy gospital v Tsentralnom parke Nyu-Yorka
Polevoy gospital v Tsentralnom parke Nyu-Yorka - Sputnik Oʻzbekiston
Anasteziolog Derrik Smit intubatsiyadan oldin koronavirusga uchragan bemorning oxirgi soʻzlari bilan boʻlishdi.

TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Nyu-Yorkdagi shifoxonalardan biridan anasteziolog boʻlib ishlaydigan Derrik Smit nafas olish yoʻllari intubatsiyasidan oldin koronavirusga uchragan bemorning oxirgi soʻzlari bilan boʻlishdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Puteshestvennik v zaщitnoy maske na vokzale Uxanya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xitoy koronavirusning yangi toʻlqinini bashorat qildi

Bu haqda u Facebook’da post yozdi. Unda ogʻir ahvolda boʻlgan bemor haqida bayon etilgan.

“Buning uchun kim toʻlaydi. Bu soʻzlarni men hech qachon unutmayman”, - deb yozgan Smit. Intubatsiya qilish kerakligi tushuntirilganda, bu iborani bemori aytdi.

Shikofor yozishicha, koʻpchilik bemorlar bunday protseduradan keyin tuzalmaydi.

"Bu vaziyat - 12 yillik ish faoliyatimda eng mudhish holatdir”, - deb tushuntirdi anasteziolog.

Shikofor Business Insider nashri bilan suhbatda taʼkidlashicha, odamlar hatto ajal yoqasida boʻlsa ham, pul haqida qaygʻurishi juda achinarli holat. Shifokor maxfiylik qonunlari talablariga  muvofiq bemor toʻgʻrisida boshqa maʼlumot ochiqlamadi.

AQShda koronavirusga chalinganlarning soni 557 300 mingga yetdi, 22 mingdan ortiq kishi vafot etdi. Nyu-York shtatida virusni yuqtirib olishning eng koʻp holatlari qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala