Jamiyat

IIV “vatanparvar blogerlar” guruhini tashkil etishni taklif qildi

CC0 / pixabay / Rabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom  - Sputnik Oʻzbekiston
Taʼkidlanishicha, ular ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy fikrlarni aniqlash va tarmoq foydalanuvchilarini ularning taʼsir tushib qolishlarining oldini olishda yordam beradi.

TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Oʻzbekiston IIV Yoshlar ittifoqi aʼzolari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari va koʻngilli yoshlar ishtirokida vatanparvar blogerlar virtual guruhini tashkil etishni taklif qildi. Taklif muhokamaga qoʻyilgan “Voyaga yetmagan va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish samaradorligini oshirish boʻyicha” prezident qarori qonun loyihasi “yoʻl xaritasining” 9-bandida oʻz aksini topgan.

“Ular yordamida ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy fikrlarni aniqlash hamda tarmoq foydalanuvchilarini ularning taʼsir doirasiga tushib qolishlarining oldini olish maqsadida bildirilayotgan salbiy fikrlarga murosasizlik muhitini yaratish”, - deyilgan hujjatda.

Bundan tashqari, hujjat bilan barcha taʼlim muassasalarida voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish ishlarini quyidagilarni nazarda tutuvchi “Xavfsiz taʼlim muassasasi” tamoyiliga asoslangan holda tashkil etish taklifi maʼqullanmoqda:

  • taʼlim oluvchilarda qonunga hurmat, huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantirish va huquqiy nigilizmga barham berishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • taʼlim oluvchilarni ommaviy madaniyat, zoʻravonlik, shafqatsizlikni targʻib qiluvchi va pornografik mahsulotlarning gʻayriqonuniy muomalasidan, terrorizm, ekstremizm va boshqa buzgʻunchi gʻoyalardan samarali himoya qilish, yoshlarni Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish madaniyatini shakllantirish;
  • umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilarning oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishi davomatini nazorat qilish, shuningdek ular tomonidan sovuq qurollarni olib yurish kabi salbiy holatlarning oldini olish;
  • taʼlim oluvchilarni fanlarni chuqur oʻzlashtirish, chet tillarini oʻrganish, sport bilan shugʻullanish va boshqa ijtimoiy foydali toʻgaraklarga jalb qilish qamrovini kengaytirish;
  • taʼlim oluvchilarning tamaki, alkogol mahsuloti va kishining aql-idrokiga taʼsir qiladigan boshqa moddalarni isteʼmol qilishining oldini olish;
  • voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish ishlarini tashkil etishda koʻngilli asosda koʻmaklashish boʻyicha taʼlim oluvchilarning tashabbuskor tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
  • “taʼlim muassasasi – oila – mahalla” hamkorlik tizimi asosida taʼlim oluvchilarning gʻayriijtimoiy va huquqbuzarlik sodir etishga moyil xulq-atvorini bartaraf etish choralarini koʻrish.

Shuningddek, oliy taʼlim muassasalarida voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash boʻyicha inspektor lavozimini joriy etish taklif qilinmoqda.

Qolaversa, Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash tizimini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish koʻzda tutilmoqda.

Uni shakllantirish manbalari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasi tushumlarining 10 foizi, ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tomonidan aniqlangan voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari yoki ularining oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir ishlar boʻyicha undirilgan jarima mablagʻlari summasining 15 foizi, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar etib belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala