Karantindan qochish yoki bor bisotini ko‘tarib uzoq yo‘lga piyoda chiqqan ayol haqida

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPustie ulisi Tashkenta
Pustie ulisi Tashkenta  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Karantin tufayli Toshkent va boshqa shaharlar yopildi, taksida yurish, niqob taqmay ko‘chaga chiqish taqiqlandi. Bunday vaziyatda, asosiysi - niqobni ko‘zga ham taqib olmaslik, aks holda yon-atrofda yordamga muhtoj kishilarni ham ko‘rmay qolish mumkin.

...Karantin o‘z yo‘ligaku-ya, lekin qarzlarni baribir to‘lash kerak. Hamkasabamdan menga kerakli bank ishlayotganini bilganimdan so‘ng u yerga borib to‘lovni amalga oshirishga qaror qildim. Obedgacha bir soat vaqt qolgan edi, piyoda borish kerak bo‘lgan masofa esa - 8 bekat.

Shahar ko‘chalarida kam sonli bo‘lsada avtomobillar bor edi, lekin manzilingni yaqin qila olmasa ularning bo‘lganidan ne foyda?  Velosiped minishni bilmaganimga va elektrosamokatim yo‘qligiga, birinchi marta pushaymon bo‘ldim. Yonimdan skeytini g‘izillatib o‘tib ketgan bolaga havasim keldi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaToshkentning bo‘sh ko‘chalari
Karantindan qochish yoki bor bisotini ko‘tarib uzoq yo‘lga piyoda chiqqan ayol haqida - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentning bo‘sh ko‘chalari

Shu xayollar bilan qadamimni tezlashtirib salkam yugurib ketayotganimda oldimdan bir necha sumka va paketlar ko‘tarib olgan ayolni ko‘rib qoldim. Yosh ayol yuk og‘irligidan egilib zo‘rg‘a qadam bosayotgan edi.

“Yordam beraymi?” degan savolimdan o‘z xayollari bilan band bo‘lgan ayol dastlab eshitmadimi yoki kutilmagan bo‘lgani uchunmi - bir zum shoshib qoldi.

Men eng katta sumkani ko‘tarmoqchi bo‘lib qo‘l cho‘zdim. Sumka ichiga go‘yoki 5-6ta cho‘yan dazmol solingandek og‘ir edi. Ayol meni to‘xtatib biroz uyalib, qo‘limga yengilroq paketlarni uzatdi.

“Eh, charchab ketdim, Toshkentdan ketmoqchiman. Ish yo‘q, kvartiraga to‘lashga pul yo‘q, oziq-ovqatlar ham tugagan, biror qarindosh urug‘ ham yo‘q. Ertalab yo‘lga chiqqandim, haligacha shahardan chiqib keta olmayapman. Sobir Rahimovgacha piyoda yetib olmoqchiman!”, - deb arz qildi tasodifiy tanishim.

Sevaraning (keyroq ismini bilib oldim) so‘zlari meni hayratga soldi. Shuncha yuk bilan u Yunusoboddan Sobir Rahimovgacha piyoda yo‘lga chiqibdi. 17 km! - uch yarim soat to‘xtovsiz.

Kontrolno propusknoy punkt Roxat pri vyezde v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan avtotransport ro‘yxati e’lon qilindi

Shu payt to‘xtab atrofga nazar soldim, Sevara qarama-qarshi tomonga ketayotgan edi.

“Sobir Rahimovga borish yo‘lini bilasizmi?”, - deb so‘radim.

U yo‘q degan ma’noda bosh chayqab qo‘ydi.

Men hech narsa demadim. Boshimda ko‘plab savollar paydo bo‘layotgan edi. Bor bisotini yig‘ib, yo‘l bilmasdan piyoda bosh oqqan tarafga qarab ketish uchun naqadar tushkun ahvolda bo‘lish kerak kishi...

Biz Akvapark oldida to‘xtadik. Bankkacha biroz qolgan edi.

“Siz boshqa tomonga ketayapsiz, - dedim men Sevaraga. – Men bankdan chiqquncha, uzog‘i bilan bir soat kutib tursangiz, ortga qaytishda sizni kuzatib qo‘yaman. Faqat iltimos hech qayerga ketmay shu yerda turing”.

Ayol kishi “xo‘p” deb bosh silkidi, men bankka kirib ketdim.  

Ortga qaytishda, men Sevarani ancha uzoqda ketayotganini ko‘rdim. Mendan umidini uzgan shekilli, bir o‘zi yana yo‘lga chiqqan edi. Men unga yetib olib yana yuklarini ko‘tarishda yordam berdim. Meni ko‘rib u ham biroz dadillashdi.

Sotrudniki GUVD osushestvlyayut proverku dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Karantin tartibi: kimlarga Toshkentga kirish va chiqishga ruxsat beriladi?

Yo‘l-yo‘lakay Sevara Toshkentda tibbiy hamshira bo‘lib ishlaganini, bir necha kun oldin ularning poliklinikasi vaqtincha yopilganini va u ishsiz qolganini xabar qildi. Ayol asli buxorolik bo‘lib 4-yildan beri Toshkentda joylashib olishga harakat qilayotgan ekan. Endi esa poytaxtdan butunlay ketishga qaror qilibdi. Ayol aytishiga qaraganda u bunday hayotdan charchagan. Tibbiyot xodimlari hozir hamma joyda kerak bo‘lsa-da, lekin boshqa shaharliklar uchun  shunday murakkab vaqtda ham ishga joylashish qiyinligini aytdi. Ustiga-ustak uyda onasi ham kasal bo‘lib qolgan, u kishiga ham qarash kerak.  

Uning bu iqroriga javoban, men hozir dunyoning ko‘plab joylarida vaziyat bundan ham yomonligini, u bo‘lsa harchand o‘z vatanida ekanini, bu yerda unga birov bo‘lmasa boshqasi yordam berishi mumkinligini aytdim. Axir yuz minglab kishilar begona yurtlarda qolib ketib ushbu murakkab vaqtni yanada qiyinroq sharoitlarda o‘tkazmoqda.

Bunga javoban Sevara istehzoli kulib qo‘ydi.

“Erta tongdan mana shu sumkalar bilan bir postdan ikkinchi postga kelayapman. Hech kim menga yordam bera olmadi. Hamma uyingga bor deydi. Uyim Buxoroda bo‘lsa men qayerga boray?”

Suhbat bilan Universam bozorigacha yetib keldik, u yerdan Sobir Rahimov bekatiga qadar to‘g‘ri yo‘l edi. U yerda, shahar chegarasidan tashqarida Sevarani buxorolik yurtdoshi kutib turgan edi. U Sevarani mashinada Buxoroga olib borishni va’da bergan.

Avtomobil Damas - Sputnik O‘zbekiston
Viloyatlararo avtotransport harakati butunlay to‘xtatildi

Bekatda bir necha taksilar turar edi. Ularning old oynalarida “yetkazib berish” degan yozuvlar ilingan edi.

“Mana shu qizni Sobir Rahimovgacha olib borib qo‘yinglar, iltimos”, - deb ularga murojaat qildim. Taksichilar rozi bo‘lmadi. Yo‘lovchi tashish uchun jarimalar ulkan, manzilgacha esa kamida 20ta post bor. Shunda men hech bo‘lmasa ushbu ayolning yuklarini shahar chegarasigacha olib borib qo‘yishni so‘radim.

“Qirq ming so‘m”, - dedi haydovchilardan biri.

“Esinglar joyidami!?”, - dedi hayrat bilan mening charchagan yo‘ldoshim.

Men taksichining ko‘ziga tikilib qaradim: zamon qiyin vaqtida sizlar xalqqa shunday yordam berayapsizlarmi, degan ma’noda. U bo‘lsa aybiga iqror bo‘lgandek, boshini egib, narxlar oshishi bekorga emasligini, hozir odam va jo‘natmalar yo‘qligini, orqaga bo‘sh kelishga to‘g‘ri kelishini tushuntirib berdi. Ha, hammaning o‘z haqiqati bor.

Savdolashishga vaqt ham toqat ham yo‘q edi. Buyumlarini mashinaga joylab o‘zi piyoda Sevara o‘z uyi tomon to‘g‘ri yo‘ldan ketdi.

Pogranichniy punkt, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Yana 3 ta viloyat kirish va chiqish uchun yopildi

Mening o‘zim ham uyga yetib olganimda yaxshigina charchaganimni his qildim. Kechqurun Sevara qo‘ng‘iroq qilib qoldi. U yordam uchun minnatdorlik bildirdi va tanishining mashinasiga yetib olganini xabar qildi. Ovozidan ham charchagani ham xursandligi bilinib turar edi.

Ana shunday jim va baxtsiz yolg‘iz yurganlar yoki o‘z-o‘zini yakkalash vaqtida bir o‘zi uyida o‘tirganlar qancha ekan? Hammasidan aylanib hol-ahvol so‘rab chiqa olmaysan, lekin shunday kishini ko‘rib bilib qolsangiz – jim o‘tib ketmang. Axir yaxshilik dunyoni asrab qoladi, jumladan koronavirusdan ham.

Yangiliklar lentasi
0