Xalqaro so‘rov maktab ta’limi qanday o‘zgarganligini ko‘rsatdi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishShkolnik
Shkolnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) 98 mamlakatning 330 vakili orasida so‘rov o‘tkazdi va turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari pandemiyaga qanday javob berayotganini aniqladi.

TOShKENT, 13 apr - Sputnik. Dunyo bo‘ylab ta’lim tizimlari koronavirus pandemiyasining ta’limga salbiy ta’sirini kamaytirish choralarini ko‘rmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) 98 mamlakatning 330 vakili orasida so‘rov o‘tkazdi va turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari pandemiyaga qanday javob berayotganini aniqladi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, aksariyat mamlakatlarda hukumat tomonidan o‘quvchilar va o‘qituvchilarga maktabga bormaslik to‘g‘risida ko‘rsatma mavjud. Taqiq muddati uzaytirish imkoniyati bilan ikki haftadan bir oygacha; ba’zi mamlakatlarda to‘xtatib turish muddatlari aniq emas. Ba’zi mamlakatlarda hukumat maktablarning o‘zlariga darslarni to‘xtatish uchun muayan harakatlar erkinligini taqdim etdi.

Ba’zi mamlakatlarda faqat bolalar bog‘chalari, boshqalarida maktablar ochiq qolgan, ammo ular ota-onalari tibbiyot va ijtimoiy ahamiyatga ega sohalarda ishlaydigan bolalar uchungina ishlaydi.

"Maktablarni yopayotganda mamlakatlar nafaqat pandemiyaga qarshi kurashish zaruratidan kelib chiqib, balki ota-onalarning manfaatlarini va boshqa omillarni ham hisobga olishganini muhim deb o‘ylayman. Masalan, Shvetsiyada universitetlar va litseylar yopilib, boshlang‘ich va asosiy maktablar va maktabgacha muassasalar ochiq qolgan, chunki odatda ularga yetib borish uchun jamoat transportidan foydalanish shart emas. Ota-onalarga esa ishlab o‘z oilalarini ta’minlash imkoniyati berildi. Ba’zi mamlakatlarda ota-onalari ishlaydigan barcha bolalar maktablarga qatnash imkoniyati bor", - deb izoh beradi RIA Novostiga RANXiGS Ta’lim rivojlanishi federal instituti Monitoring va statistika markazi direktori Mark Agranovich.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, ba’zi mamlakatlar, shu jumladan Portugaliya, o‘zlariga kambag‘al oilalarning farzandlarini kam motivatsiyalanishi va texnik ta’minot bilan bog‘liq muammolarni hal qilishni ustuvor vazifa deb belgiladilar.

Televizionniy pult - Sputnik O‘zbekiston
Umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun onlayn videodarslar boshlandi

"Latviyada o‘quvchilarga besh ming dona planshet bepul tarqatildi, bu umumiy o‘quvchilar sonining taxminan 3 foizini tashkil etdi. Ba’zi mamlakatlarda maktablar kambag‘al oilalar farzandlari uchun nafaqat o‘qish, balki ovqat olishlari uchun ham ochilgan", - deydi mutaxassis.

Shuningdek, IHRT mutaxassislari koronavirus pandemiyasi sharoitida ta’limni tashkil etishda ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha keng miqyosli xalqaro so‘rov o‘tkazdilar. Asosiy ustuvorliklar - ta’lim uzluksizligi va qoloq talabalarni qo‘llab-quvvatlash - masofaviy ta’limga o‘tishning asosiy qiyinchiliklari deb tan olindi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, milliy ta’lim tizimi hozirgi vaziyatdan qanday afzalliklarga erishganligi haqida savol berishdi. Ma’lum bo‘lishicha, birinchidan, bu texnologiyalar va texnologik infratuzilmaning jadal rivojlanishi. Ikkinchidan, talabalarning o‘z ta’lim olishini boshqarishdagi mustaqilligining o‘sishi. Uchinchidan, ota-onalar orasida faol o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni rivojlanishi.

Prepodavatel v auditorii shkoli - Sputnik O‘zbekiston
O‘quvchilarga uy sharoitida darslar o‘tiladi

Yuzaga kelgan qiyinchiliklar orasida respondentlarning aksariyati masofaviy ta’limning texnik ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni ta’kidladilar. Shu bilan birga, mamlakatlar ta’lim uchun turli xil texnologiyalarni, jumladan, Gruziya va Isroil kabi televideniyedan foydalanishga harakat qilmoqda.

So‘rov ishtirokchilari, shuningdek, uyda yopiqlikda o‘tirgan o‘quvchilarning emotsional salomatligini saqlashda qiyinchiliklar mavjudligini ta’kidladilar.

"Rossiyada o‘zini yakkalash rejimini yumshatish to‘g‘risida qaror qabul qilingach, darhol bolalar bog‘chalarini ochishni taklif qilgan bo‘lar edim. O‘ylaymanki, bolalar bir oyda yoki undan ko‘proq vaqt davomida uyda tinimsiz o‘tirishdan charchaydilar, ota-onalar esa ishga chiqishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, maktablarda orqada qolayotganlar va o‘qishni istaganlar uchun yozgi kurslar ochilishi, mening nazarimda, juda muhim bo‘lar edi. Bu kelgusi yil YeGE (Yagona davlat imtihoni – tahr.) va OGE (Asosiy davlat imtihoni – tahr.) imtihonlarini topshiradigan talabalar uchun muhim bo‘lishi mumkin", - deya xulosa qildi Mark Agranovich.

Yangiliklar lentasi
0