Qaysi davlatlarda “tojdor dushman” yo‘q – to‘liq ro‘yxat

© NASA via APPlaneta Zemlya. Vid iz kosmosa
Planeta Zemlya. Vid iz kosmosa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni ikki millionga yaqinlashib qoldi.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Dunyoda COVID-19 virusi birorta holati qayd etilmagan davlatlar soni kamaymoqda. Bu haqda Al Jazeera AQSh Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga asosan xabar qildi.

Polevoy gospital v Sentralnom parke Nyu-Yorka - Sputnik O‘zbekiston
“Buning uchun kim to‘laydi”: shifokor bemorning juda ta’sirli so‘zlari bilan bo‘lishdi

13 aprel holatiga BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 17 ta davlat tomonidan koronavirus holatlari haqida rasmiy ravishda ma’lum qilinmadi: Vanuatu; Kiribati; KXDR; Komor orollari; Lesoto; Marshal orollari; Mikroneziya; Nauru; Palau; Samoa; San-Tome va Prinsipi; Sulaymon orollari; Tojikiston; Tonga; Turkmaniston; Tuvalu; Janubiy Sudan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ba’zi mamlakatlarda hali COVID-19 uchun test yo‘qligi sababli infeksiya holati qayd etilmagan. Boshqalar esa, uzoq jo‘g‘rofik joylashuvi tufayli virus yetib kelmayapti – bu eng asosiy kichik orollardagi davlatlar.

Jons Xopkins universitetining oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda 1,85 million kishi bu virusga chalingan, ulardan 435 ming kishi sog‘aygan. 114 331 o‘lim holatlari qayd etilgan. Kasallanish holatlari eng ko‘p qayd etilgan davlatlar - AQSh (557 590), ikkinchi o‘rinda Ispaniyada (166 800) va uchinchi - Italiya (156 363).

Yangiliklar lentasi
0