Dunyoda

Qozogʻistonda 82 yoshli onaxon koronavirusni qanday yengdi

© Sputnik / Abzal KaliyevNurbagi Kapasova, 82-letnyaya jitelnitsa Almatы, vыlechilas ot koronavirusa
Nurbagi Kapasova, 82-letnyaya jitelnitsa Almatы, vыlechilas ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Onaxonda surunkali kasalliklari zoʻrayib ketdi. Ayol uning yoshida bu xavfli kasallikni yengish qiyin boʻladi, deb xavotir oldi.

TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Olma-otada istiqomat qiladigan 82 yoshli Nurbagi Kapasova COVID-19 dan davolanib, shu kunlarda shifoxonadan javob oldi.

Vaxidulla Xamidi  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Juda ogʻir boʻldi”: afgʻon yigiti koronavirusni qanday yengdi

Fevral oyida onaxon Nur-Sultonga qarindoshlari oldiga keldi. Toʻy mart oyida boʻlishi kerak edi.  Favqulodda vaziyat tufayli toʻy bekor qilindi, 22 mart kuni esa onaxon karantinga olindi.

Qarindoshlarining birida koronavirus infektsiyasi aniqlangani tufayli onaxon poytaxt shifoxonasiga yotqizildi. Ayol oilasi bilan jami oʻn kishi karantinga olindi.

Shifoxonada koronavirusga tahlil ijobiy natijani koʻrsatdi. Boshida kasallikning hech qanday alomatlari sezilmadi. Birok keyinchalik pnevmoniya va yuqori isitma paydo boʻldi.

“Hammasi boʻlib kasalxona 20 kun yotdim. Juda ogʻir kunlar boʻldi. Shu payt men bu yerdan umuman chiqmayman, farzandlarim, nevaralarimni koʻrmayman deb oʻylagandim. Axir yoshim 82 da. Shifokorlar davolashdi, qoʻlidan kelgan barcha ishni bajarishdi. Ollohga shukur, hammasi ortda qoldi”, - deydi onaxon Sputnik Qozogʻiston muxbiriga.

Virusga qarshi kuchli preparatlar tufayli unda oshqozon-ichak trakti buzilishi, podagra yomonlashdi, hanuz uning taʼsiri bilinmoqda.

“Koronavirus tufayli surunkali kasalliklar bezovta qilishni boshladi – oyoq, boʻgʻinlar zirqirab-zirqirab ogʻrigʻi. Uyga qaytdim, yura olmayapman, biroq bolalarim oldiga qaytganim uchun xursandman”, - dedi u.

COVID-19ga chalinishdan avval ayol surunkali nafas yoʻllarining yalligʻlanishi va gipertoniya bilan ogʻrigan.

Britva - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Azaliy orzu": Qozogʻistonda erkak va ayollar sochini “kal”ga olmoqda - foto

“Ayni damda shifokorlar tufayli sogʻligʻim nisbatan yaxshi, menga qaragan shifokor va hamshiralardan juda minnatdorman. Ayniqsa, Sobir ismli shifokorni alohida aytishim mumkin”, - deydi onaxon.

Nurbagi aya bilan bir palatada yosh ayol ham boʻlgan. U ham hozir shifoxonadan javob olishni kutmoqda.

“Juda yaxshi qiz. Juda yomon boʻlganimda, oʻzi kasal holida menga qarab, qoʻllab-quvvatlashga harakat qildi”, - dedi ayol.

Nurbagi Kapasova taʼkidlashicha: kasallik qanchalik ogʻir boʻlmasin, eng muhimi sabr-toqat qilish, "ishonish va chidash" kerak, shunda kasallikni yengish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala