2020 yil uchun zakot miqdori e’lon qilindi

© Sputnik Stas EtveshPolumesas, arxivnoe foto
Polumesas, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining 2020-yilgi zakot miqdori bo‘yicha qarori e’lon qilindi.

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati 2020-yilgi zakot miqdorini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati 1 gramm tilloning bugungi kundagi o‘rtacha narxi 250 ming so‘m ekanini e’tiborga olib, milodiy 2020-yil uchun zakot nisobini (85 g. tillodan) 21 million 250 ming so‘m deb belgiladi.

“Mazkur qiymatning qirqdan biri (1/40), ya’ni zakot uchun chiqariladigan qismi 531 250 (besh uz o‘ttiz bir ming ikki yuz ellik) so‘mga teng bo‘ladi. Shunga ko‘ra, zaruriy ehtiyojidan tashqari bir yil davomida 21 250 000 (yigirma bir million ikki yuz ellik ming) so‘mdan ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan musulmon kishi, jami mablag‘ining qirqdan biri (1/40)ni zakot sifatida kambag‘al va faqirlarga berishi farzdir”, - deyilgan xabarda.

Avvalroq Musulmonlar idorasi Ramazon oyi qanday o‘tishi yuzasidan fatvo bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0