Jamiyat

Karantin va oʻz-oʻzini yakkalash rejimining farqi nimada - shifokor izohi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDorojnыy znak s nadpisyu "Karantin"
Dorojnыy znak s nadpisyu Karantin - Sputnik Oʻzbekiston
Karantin qanchalik qattiq boʻlsa, ruhiy, tibbiy va iqtisodiy muammolar shunchalik koʻp boʻladi, lekin infektsiya tarqalish ehtimoli shunchalik kam boʻladi, deydi rossiyalik shifokor Myasnikov.

TOSHKENT, 14 apr - Sputnik. Karantin va oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish tartibi koronavirusdan himoya qilishning bir-biriga oʻxshash choralari, ammo bir nechta muhim farqlari mavjud va ular turli xil oqibatlarga olib keladi deydi RIA Novostiga shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov.

Novыy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestnыy kak 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirus bosh miyani jarohatlashi mumkin – Rossiya olimlari

Agar hamma majburiy karantinga olinsa, koronavirus infektsiyasining tarqalishini toʻxtatish oson. Uydan chiqishni taqiqlash ish beradi va pandemiyani toʻxtatishi mumkin, ammo hozirgi kunga qadar vaziyat bu qadar jiddiy emas, shuning uchun bunday choralarga zarururiyati yoʻq. Aynan shuning uchun rossiyaliklar oʻzlariga karantinga koʻproq "moslashuvchan" yondoshishga yoʻl qoʻyishmoqda, deb hisoblaydi Aleksandr Myasnikov.

"Biz qilayotgan harakatlar karantin emas va hatto oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish ham deb boʻlmaydi. Karantin tamoyili shundan iboratki, odamlar infektsiyani yuqtirmasliklari uchun bir-birlari bilan mutlaqo aloqa qilmaydilar, ammo biz bunga amal qilmayapmiz. Bizda jamoat transporti ishlamoqda va unda shifokorlar, politsiyachilar va sotuvchilar ishiga yoʻllanishmoqda. Har qanday  tarzda biz karantin tamoyillaridan chekinmoqdamiz. Biz bu chekinishga qanchalik moslashuvchan ekanligimizni aytolmayman", - dedi shifokor Myasnikov.

Aleksandr Myasnikov tilga olgan karantinga moslashuvchanlik hozirgi paytda butun Rossiyada amal qilinayotgan oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish rejimida namoyon boʻlmoqda. Agar bu yengilliklar boʻlmaganda edi, rossiyaliklar COVID-19dan ham yomonroq vaziyatlarga duch kelishi mumkin edi, deydi shifokor Sputnik Radiosiga.

"Men aminmanki, izolyatsiyani maʼlum bir belgilangan muddatlardan choʻzilib ketmasligi kerak, aks holda bu shunday muammolar chiqib kelishi mumkinki, ularning oldida COVID-19 holva boʻlib qoladi. Shu kunlarda oilaviy zoʻravonliklar, ruhiy kasalliklar, surunkali kasalliklarning kuchayishi juda koʻp kuzatilmoqda. Odamlarning iqtisodiy holati yomonlashishi bilan bunday holatlar yanada kuchaymoqda. Bu yerda uzviy bogʻlangan tomir sistemasi kabi: karantin qanchalik qattiq boʻlsa, ruhiy, tibbiy va iqtisodiy muammolarning oqibatlari shunchalar koʻp boʻladi, ammo karantin qancha oz boʻlsa, infektsiyalarning yuqishi ehtimoli shunchalik yuqori boʻladi", - deya tushuntirdi shifokor Myasnikov.

Koronavirus infektsiyasi havo tomchilari orqali yuqadi, shuning uchun oʻz-oʻzini himoya qilishning eng sodda usuli masofaviy ish rejimiga oʻtish va maxsus ehtiyojsiz uyni tark etmaslikdir. Boshqa odamlar bilan qanchalik kam aloqa qilsangiz, shuncha yaxshi boʻladi.

Eslatib oʻzamiz, Oʻzbekiston hududida 14 aprel holatiga kasallanganlar soni 1054 kishini tashkil qilmoqda. Shu kunga qadar koronavirusdan 4 kishi vafot etdi, davolanib chiqqanlar soni 85 kishini tashkil qildi. Rossiya, Oʻzbekiston va dunyodagi COVID-19 bilan bogʻliq soʻnggi maʼlumotlar stopkoronavirus.rf va coronavirus.uz portallarida keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala