Toshkentda “Epica” va “tez yordam” mashinasi to‘qnashdi

© Ministerstvo zdravooxraneniya UzbekistanaDTP s uchastiyem mashini skoroy pomoshi v Tashkente
DTP s uchastiyem mashini skoroy pomoshi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Ford” rusumli tez yordam mashinasi hamda “Epica” rusumidagi avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. 14-aprel kuni soat 12:38 Olmazor tumani Chig‘atoy Darvoza chorrahasida chaqiruv bo‘yicha ketayotgan “Ford” rusumli tez yordam mashinasi hamda “Epica” rusumidagi avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Avariya  v Beruniyskom rayone Karakalpakstana v rezultate kotoroy pogibli 4 cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istondagi mudhish YTH to‘rt kishining umriga zomin bo‘ldi

Natijada 5 kishi jarohatlangan.

Ular zudlik bilan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, belgilangan tartibda tez  tibbiy yordam ko‘rsatilgach, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.

Jarohatlanganlardan biri ko‘chma brigada shifokori, 32 yoshli U.U.ning ahvoli qoniqarli bo‘lganligi sababli uyiga javob berilgan.

Tezkor  brigada feldsheri, 20 yoshli O.O., tez yordam  avtomashinasi haydovchisi, 55 yoshli I.G. hamda “Epica” rusumdagi avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi: 46 yoshli N.S. va 20 yoshli M.A. lar esa markazning  neyrojarrohlik bo‘limiga yotqizilgan. Ayni paytda ularning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Bemorlarga malakali shifokorlar tomonidan standartlar asosida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hozirda yo‘l-transport hodisasi yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0