BSST COVID-19ga qarshi yangilangan strategiyani eʼlon qildi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Eʼlon qilingan hujjat 28ta sahifadan iborat. Unda davlatlarga BSST nuqtai nazarida koronavirusni jilovlashda eng samarali, deb hisoblangan tavsiyalar oʻz aksini topgan.

TOSHKENT, 15 apr – Sputnik, Yelizaveta Isakova. Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti COVID 19ga qarshi yangilangan strategiyani eʼlon qildi, hujjat AQSH prezidenti Donald Trampning, Vashington BSSTni moliyalashtirishni toʻxtatishi haqidagi bayonotidan soʻng ommaga eʼlon qilindi.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Guterresh Trampning JSSTni moliyalashtirishni toʻxtatib qoʻyish qarorini tanqid qildi

"COVID-19 haqida soʻnggi oylar davomida bilgan asosiy narsa shu boʻldiki, barcha holatlar qancha tez aniqlansa, testdan oʻtkazilsa, izolyatsiyaga olinsa va zarur parvarishlar amalga oshirilsa, virusning tarqalishi shu qadar qiyinlashadi. Bu tamoyil insonlar hayotini qutqarmoqda va pandemiyaning iqtisodiy oqibatlarini yumshatishga xizmat qiladi. Vaqtni yoʻqotish kerakmas. BSSTning asosiy eʼtibori barcha insonlarga xizmat qilish, hayotlarni qutqarish va COVID-19 pandemiyasini toʻxtatishga qaratilgan", - degan BSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Twitterdagi mikroblogida Trampning bayonotidan soʻng tashkilotning yangilangan strategiyasini taqdim etar ekan.

Eʼlon qilingan hujjat 28ta sahifadan iborat. Unda davlatlarga BSST nuqtai nazarida koronavirusni jilovlashda eng samarali, deb hisoblangan tavsiyalar oʻz aksini topgan. BSSTga koʻra, bunda kasallarni aniqlash, ularning kim bilan aloqada boʻlganliklarini aniqlashtirish, shuningdek, virusni tadqiq etish boʻyicha xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi roli juda muhim.

Yangiliklar lentasi
0