MB asosiy stavka pasaytirilishi yuzasidan izoh berdi

© REUTERS / Mukhammadsharif MamatkulovZdanie Sentralnogo banka Uzbekistana
Zdanie Sentralnogo banka Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvining 14-apreldagi qarori bilan asosiy stavka 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi.

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavka 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilanishini izohladi.

“Ushbu qaror tashqi va ichki talabning qisqarishi sharoitida iqtisodiy faollikning sekinlashuvini hisobga olib, inflyatsiya prognozlarini pasayish tomonga qayta ko‘rib chiqilganligi bilan izohlanadi”, — deyilgan xabarda.

2020 yilning ikkinchi choragida va yil so‘ngiga qadar inflyatsiya darajasiga talab omillari tomonidan bosim mo‘’tadillashishi va kamayishini inobatga olib, inflyatsiyaning yangilangan prognoz ko‘rsatkichlariga ko‘ra, yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi dastlabki prognozdan (12−13,5 foiz) 1 foiz bandga pasayib 11−12,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Iqtisodiy faollik va makroiqtisodiy prognozlar

Martdan jahonda va asosiy savdo-hamkor davlatlarda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan choralarning kuchaytirilishi, neft narxining pasayishi, talab hajmining qisqarishi natijasida iqtisodiy o‘sish va faollik ko‘rsatkichlarining pasayish prognozlari kuchayib bormoqda.

Iqtisodiy faollikning pasayishi va aholi daromadlarining qisqarishi, o‘z navbatida, ichki talabning sezilarli darajada pasayishiga olib keladi.

Iqtisodiy faollikning pasayishi, birinchi navbatda, bank tizimi orqali amalga oshirilayotgan tranzaksiyalar sonida o‘z aksini topmoqda. Xususan, 2020-yil mart oyida banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 foizga qisqardi.

Znak protsenta - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik 15 % darajasida belgilandi

Aprel oyining dastlabki 10 kunligida to‘lov terminallari orqali amalga oshirilgan to‘lov tranzaksiyalari hajmi ham mart oyining mos davriga nisbatan 25,9 foizga kamaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston tovar xomashyo birjasida amalga oshirilgan bitimlar sonida ham sezilarli darajada pasayish kuzatildi. Xususan, aprel oyining dastlabki ikki haftasida amalga oshirilgan xaridlar summasi mart oyining mos davriga nisbatan 28 foizga kamaygan.

Iqtisodiyotni kreditlash faolligida ham ma’lum bir pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Yanvar-aprel oylarida tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar qoldig‘i o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 foiz bandga sekinlashib 7 foizni tashkil etdi.

Banklar tomonidan jismoniy va uridik shaxslarning 16,4 trln so‘mlik kreditlari bo‘yicha to‘lov muddatlari uzaytirib berildi. «Bu, o‘z navbatida, banklarga pul oqimlarining kirib kelishi tomonidan ularning kreditlash imkoniyatining ma’lum bir darajada qisqarishiga olib keladi”, — deyiladi Markaziy bank xabarida.

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar

Inflyatsiya darajasi dastlabki prognoz ko‘rsatkichlaridan tezroq sur’atlarda pasayayotgani kuzatilib, mart oyida yillik inflyatsiya 13,6 foizni tashkil etdi.

2020 yil birinchi choragida iste’mol narxlari oshishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 foiz bandga sekinlashib, 2,8 foizga teng bo‘ldi va dastlabki prognozlarga nisbatan 0,5 foiz bandga pastni tashkil etdi.

Bu asosan, mazkur davrda ayrim tartibga solinadigan narxlarning o‘zgarishsiz saqlanib qolinganligi hamda yanvar-fevral oylarida almashuv kursining deyarli barqaror bo‘lganligi hisobiga bazaviy inflyatsiya darajasining sekinlashishi bilan izohlanadi.

Dollari SShA  - Sputnik O‘zbekiston
So‘m dollar va yevroga nisbatan keskin qadrsizlandi

Mart oyida aholining inflyatsion kutilmalari 15,5 foiz darajada o‘zgarishsiz saqlanib qoldi. Iqtisodiyotda kelgusida inflyatsiya darajasining pasayishi va karantin bilan bog‘liq cheklovlarning yumshatilishi, o‘z navbatida, inflyatsion kutilmalarning pasayishiga xizmat qiladi.

Inflyatsiya prognozi. Iqtisodiyotdagi joriy va kutilayotgan sharoitlarni hisobga olgan holda inflyatsiyaning yangilangan prognoz ko‘rsatkichlariga asosan 2020-yil oxiriga inflyatsiya 11−12,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda va bu quyidagilar bilan izohlanadi:

  • tashqi va ichki iqtisodiy faollikning pasayishi aholining daromadlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, iste’mol savatidagi aksariyat birlamchi zaruriy mahsulotlar guruhiga kirmaydigan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabning sezilarli qisqarishiga olib keladi;
  • bir qator asosiy iste’mol tovarlar va ularning xomasholari importiga 2020-yil 31-dekabriga qadar bojxona boji va aksiz solig‘ining nol stavkalari belgilandi, bu karantin davrida talab yuqori bo‘lgan tovarlar narxlarining o‘sishini oldini oladi;
  • jahon bozorlarida energiya resurslari narxlarining pasayishi hisobiga narxlarning erkinlashtirilishi islohoti doirasida 2020-yilda ko‘zlangan energiya resurslari narxlari oshirilishining navbatdagi bosqichi kechiktirilishi yoki ichki narxlarni oshirmagan holda erkinlashtirilishi natijasida ushbu omillar 2020-yilda inflyatsiya uchun oshiruvchi xususiyat kasb etmaydi;
  • karantin sharoitida ma’lum bir oziq-ovqat mahsulotlari va zarur iste’mol tovarlari narxlarida kuzatilayotgan o‘sish dinamikasi vaqtinchalik bo‘lib, kelgusi oylardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yangi hosilining chiqishi hamda Hukumatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirayotgan chora-tadbirlari natijasida bozorlarning ushbu tovarlar bilan to‘yinishi ular narxlarlarining barqarorlashishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, inflyatsiyani pasaytiruvchi mazkur omillar, o‘z navbatida, milliy valyuta devalvatsiyasining ichki narxlarga salbiy ta’sirini yumshatish imkonini beradi.

O‘z o‘rnida, bank ichki valyuta bozoriga intervensiyalari oltin-valyuta zaxiralari neytralligi tamoyili asosida almashuv kursining fundamental trendiga ta’sir ko‘rsatmagan holda amalga oshiriladi.

Pul-kredit sharoitlari

Mart-aprel oylarida bank tizimida likvidlik darajasi Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan pul-kredit operatsiyalari ta’sirida shakllanib, bank tizimi barqarorligini ta’minlash uchun yetarli darajada bo‘ldi.

Novie kursi valyut v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Dollar va yevroning rasmiy kursi keskin ko‘tarildi

Pul-kredit operatsiyalaridan tijorat banklariga ham likvidlik taqdim etish ham ortiqcha likvidlikni jalb qilish maqsadida foydalanilishi bank tizimida likvidlikning bir maromda qayta taqsimlanishiga va pul bozoridagi foiz stavkalarining Markaziy bank foiz koridori doirasida shakllanishiga xizmat qildi.

Mart oyida pul bozoridagi o‘rtacha tortilgan foiz stavka 16,0 foizni va aprel oyining o‘tgan davrida 16,6 foizni tashkil etdi.

2020 yilning o‘tgan davri mobaynida aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari qoldig‘i 10,2 foizga (714 mlrd. so‘mga) oshgan bo‘lsa, xorijiy valyutadagi muddatli depozitlari qoldig‘i 1,2 foizga (67 mlrd. so‘mga) kamaydi.

“O‘z navbatida, inflyatsiya darajasining pasayishi sharoitida asosiy stavkaning tushirilishi iqtisodiyotda real foiz stavkalar ijobiyligini va milliy valyutadagi depozitlarning jozibadorligini saqlab qolishga xizmat qiladi”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

Noaniqlik va xatarlar

Koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’sir ko‘lami va davomiyligi bo‘yicha noaniqlar saqlanib qolmoqda.

Tashqi iqtisodiy sharoitlarining yomonlashishi sharoitida mamlakatimizga kirib keladigan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori yil yakunlari bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada qisqarishi kutilmoqda.

Bunda, Markaziy bank tashqi va ichki sharoitlar ta’sirida inflyatsiyaning omillari va xatarlari xususiyatini chuqur o‘rganishda davom etadi hamda inflyatsiya prognoz dinamikasining shakllanishidan kelib chiqib asosiy stavka darajasi bo‘yicha tegishli qarorlarni qabul qilib boradi.

Yangiliklar lentasi
0