Migratsiya

Rossiyalik deputat migrantlar patentini nega uzaytirish kerakligi haqida

© Sputnik / Asatur YesayantsViktor Vodolatskiy
Viktor Vodolatskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Viktor Vodolatskiy nima sababdan migrantlarning mehnat patentlarini avtomatik tarzda uzaytirish kerakligini tushuntirdi.

Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari qoʻmitasi IIV va boshqa Rossiyaning asosiy idoralariga COVID-19 pandemiyasi tufayli oʻz mamlakatlariga qayta olmayotgan migrantlar uchun patentlar muddatini uzaytishga oid soʻrov yuboradi.

Itogi vizita Valentinы Matviyenko v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Muhim maktub: Tanzila Narbayeva Matviyenkodan oʻzbekistonliklarga amaliy yordam berishni soʻradi

“Maktubda koʻrsatilganki, bugungi kunda yuz minglab migrantlar Rossiya hududida boʻlib turibdi. Ular avtomobil, aviaqatnovlar yoʻqligi, chegaralar yopiqligi bois oʻz vatanlariga keta olmaydi”, - dedi Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Viktor Vodolatskiy.

Uning taʼkidlashicha, tabiiyki, savol oʻrtaga tashlanadi: oʻz uyiga keta olmaydigan, ishlash uchun patenti yoki vaqtincha yashash muddatini uzaytira olmaydigan bu qadar koʻpchilikni nima qilish kerak.

“Bizning murojaatimiz koronavirus pandemiyasi bilan kurash yakunlanguniga qadar mehnat migrantlarining patent va Rossiya Federatsiyasida boʻlib turish huquqini avtomatik tarzda uzaytirishga qaratilgan”, - dedi Viktor Vodolatskiy Sputnik nashriga bergan intervyusida.

Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Oʻzbekiston TIV Rossiyadagi fuqarolar uchun patent toʻlovini kechiktirishni soʻradi

Deputat ushbu masalaning hal qilinmasligi oqibatlari salbiy boʻlishi mumkinligiga eʼtibor qaratdi. Xususan, agar hujjatlar uzaytirilmasa, migrantlar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlaridan qochishni boshlaydi yoki sarson-sargardonlikda hayot kechirishi mumkin.
Migrantlarning jamoat tartibini buzmasdan osoyishta oʻz ishlarini davom ettirishlari uchun patentlarning amal qilish muddatini uzaytirish zarur, deya xulosa qildi Vodolatskiy.

Yangiliklar lentasi
0