Jamiyat

Hunarmandlarga - katta imtiyozlar

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hunarmandchilik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Ushbu hujatda hunarmadchilik bilan shugʻullanuvchi fudarolarga qator imtiyozlar berish nazarda tutilgan. Xususan bir qator soliq imtiyozlari va kreditlar ajratish, jumladan davlatga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obʼyektlarini sotib olish maqsadlarida ham.

Loyihada hunarmandchilik turlari sifatida quyidagilar sanab oʻtilgan: ganch oʻymakorligi, gilamchilik, gazlamachilik, tosh oʻymakorligi, miniatyura, tasviriy sanʼat va naqqoshlik, temirchilik, kosibchilik, milliy liboslar va yogʻoch oʻymakorligi, kashtadoʻzlik, musiqa aspoblari yasash, kulollik, chinnisozlik, zargarlik, milliy oʻyinchoqlar va suvenirlar yasash va boshqa hunarlar.

Yangi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portaliga 9 aprel kuni joylashtirildi. Qonun loyihasini muhokama qilish 24 aprelga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0