Dunyoda

AQSH JSSTni moliyalashtirishni toʻxtatishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
AQShning Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori tashkilotning Afrika mintaqasidagi poliomiyelitga qarshi dasturlariga salbiy taʼsir qiladi.

TOSHKENT, 16 apr — Sputnik. AQShning Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori tashkilotning Afrika mintaqasidagi poliomiyelitga qarshi dasturlariga salbiy taʼsir qiladi. Bu haqda JSST Afrika mintaqaviy direktori Matsidiso Moyeti bayonot berdi.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Guterresh Trampning JSSTni moliyalashtirishni toʻxtatib qoʻyish qarorini tanqid qildi

Moyetining soʻzlariga koʻra, JSST byudjetida 300 million dollar Afrika mintaqasidagi 47 davlatida dasturlarni amalga oshirishga moʻljallangan. Mablagʻning katta qismi poliomeitni yoʻl qilish dasturiga koʻzda tutilgan. Vashington qarori bu dasturlarga salbiy taʼsir qilishi mumkin.

JSST AQSH oʻz qarorini qayta koʻrib chiqadi, deb umid qilmoqda.

Seshanba kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Vashington JSST koronavirus tarqalishi haqidagi maʼlumotlar oʻz vaqtida maʼlumotlarni taqdim etmagani, dunyo hamjamiyatiga haqiqatni yetkazmagani tufayli moliyalashtirishni toʻxtatib qoʻyishini maʼlum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0