Koronavirusga chalingan ilk bemor kim bo‘lgani aytildi

© REUTERS / Aly SongPolitseyskiy na platnoy skorostnoy avtomagistrali na viezd iz Uxanya, Kitay
Politseyskiy na platnoy skorostnoy avtomagistrali na viezd iz Uxanya, Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy hukumati dastlabki harakatlari va tegishli hujjatlar bilan tanish bo‘lgan suhbatdosh fikricha, laboratoriya xodimi koronavirusni ko‘rshapalaklardan yuqtirgan, so‘ngra kasallik mahalliy aholi o‘rtasida tarqalib ketgan.

TOShKENT, 16 apr - Sputnik. COVID-19 infeksiyasiga chalingan "eng birinchi bemor" Xitoyning Uxan shahridagi virusologiya instituti laboratoriyasida ishlagan, deb ta’kidlaydi amerikaning Fox News telekanali o‘z manbalariga tayangan holda.

Vizit ministra glavi MID RF S. Lavrova v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov COVID-19 pandemiyasining yuzaga kelishi versiyalari haqida fikr bildirdi

Telekanalning "Xitoy hukumati dastlabki harakatlari va tegishli hujjatlar bilan tanish bo‘lgan" suhbatdoshi fikricha, laboratoriya xodimi koronavirusni ko‘rshapalaklardan yuqtirgan, so‘ngra kasallik mahalliy aholi o‘rtasida tarqalib ketgan.

Fox News manbalaridan biri Xitoyni tarixdagi "eng qimmat operatsiya haqida dalillarni yashirish"da aybladi.

Shu bilan birga, laboratoriya biologik qurol ishlab chiqarmagani, ko‘zlangan maqsad xitoy olimlari tomonidan viruslarni tadqiq qilishda eng buyuk natijalarni ko‘z-ko‘z qilishi bo‘lganligi ta’kidlanmoqda.

Amerika hukumati Xitoyni bir necha marotaba koronavirus tarqalishi haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda ayblagan. Xususan, 15-aprel kuni bu haqda Pentagon rahbari Mark Esper bayonot bilan chiqdi, u virusning kelib chiqishi tabiiyligi ehtimoli haqida fikr bildirdi. O‘z navbatida AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo virusning kelib chiqishi sabablari masalasida Pekindan shaffoflikni talab qildi.

Molodoy chelovek s koshkoy na balkone mnogokvartirnogo doma v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Ehtimol, dunyodagi karantinni 2-yilga uzaytirishga to‘g‘ri kelar — tadqiqot

Ilgariroq Xitoy TIV koronavirus mavzusida ma’lumotlarni yashirish ayblovlariga javoban Pekin avval boshdan koronavirus infeksiyasi epidemiyasi haqidagi ma’lumotlarni chop etishda ochiq va mas’uliyatli pozitsiyaga amal qilganini ma’lum qildi.

Xitoy hukumati o‘tgan yilning 31-dekabrida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatning markaziy qismi Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya avj olgani haqida ogohlantirgan edi. Mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi yangi turdagi koronavirus bo‘lganini aniqladilar, sal keyin unga COVID-19 deya rasmiy nom berildi.

BSST 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda virusni yuqtirganlar soni 1,8 milliondan oshgan, 113 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0