Olga Zabelinskaya Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaOlga Zabelinskaya viigrala putevku na chempionat Azii i Olimpiyskie igri
Olga Zabelinskaya viigrala  putevku na chempionat Azii i Olimpiyskie igri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Osiyo chempioni, Tokio olimpiadasi yo‘llanmasi sohibi Olga Zabelinskaya Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Olga Zabelinskaya Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Bugungi murakkab sharoitda o‘zbekistonlik sportchilar, ayniqsa Olimpiya sport turlari bo‘yicha mamlakat terma jamoasi a’zolari hukumat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishda davom etmoqda.

Karantin davrida sport musobaqalari va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lsa-da, sportchilar uy sharoitida mashg‘ulotlarni davom ettirishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilib berilayomoqda.

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Osiyo chempioni, Tokio olimpiadasi yo‘llanmasi sohibi Olga Zabelinskaya bunday qo‘llab-quvvatlash uchun barcha olimpiyachi sportchilar, jumladan velosport terma jamoasi a’zolari nomidan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, bunday e’tibor va g‘amxo‘rliklarga o‘z g‘alabalari bilan javob qaytarishlarini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0