Iqtisod

Oʻzbekiston va BAA umumiy loyihalar doirasidagi hamkorlikni davom ettiradi

CC0 / pixabay / Rukopojatiye
Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov va Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari va kelajak vaziri Muhammad bin Abdulloh al Gergavi ishtirokidagi videokonferentsiya oʻtkazildi.

TOSHKENT, 16 apr — Sputnik. Joriy yil 14 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov va Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari va kelajak vaziri Muhammad bin Abdulloh al Gergavi ishtirokidagi videokonferentsiya oʻtkazildi.

Vlasti OAE postavili v Uzbekistan boleye vosmi tonn gumanitarnoy pomoщi iz meditsinskix sredstv zaщitы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
BAA Oʻzbekistonga 8 tonnalik insonparvarlik yordamini joʻnatdi

Asosiy eʼtibor investitsiyalar va savdo-iqtisodiy hamkorlikning dinamikasi, natijalari, ularning yaqin istiqboldagi kelajagi va hamkorlikning dolzab masalalariga qaratildi. Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish boʻyicha hamkorlik doirasida sezilarli yutuqlarga erishilganligi, koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan mavjud cheklovlarga qaramay, ushbu tashabbus doirasida Oʻzbekiston va BAA vazirliklari va idoralaridan tuzilgan barcha 22 ishchi guruhlardagi aloqalar videokonferentsiyalar orqali faol ravishda davom etayotganligi taʼkidlandi.

Muhammad bin Abdulloh al Gergavi Amirlik tomoni Oʻzbekiston Respublikasi bilan erishilgan kelishuvlarga sodiq qolishini va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ishlar jadal surʼatlar bilan davom ettirilishini taʼkidladi.

Tomonlar Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq dolzarb masalalar, ususan, logistika markazi va sanoat zonalarini yaratish, Navoiy shahrida “quruq port” tashkil etish loyihalari, qurilish va koʻchmas mulk sohasi, shuningdek boshqa amalga oshirilayotgan tashabbuslar koʻrib chiqildi – belgilagan yoʻnalishlarda ularni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha kelgusi qadamlar yuzasidan fikr almashdilar.

Pandemiya tarqalishiga qarshi kurashish, aholi salomatligi va mamlakatda iqtisodiy faollikni saqlash boʻyicha Oʻzbekiston hukumatining qatʼiy xarakatlarining ahamiyati alohida eʼtiborga olindi. Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni BAA hukumatining COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish uchun yuborilgan tibbiy niqoblar, kombinezonlar qoʻlqoplar va boshqa koʻrsatiladigan gumanitar yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Videokonferentsiya natijalariga koʻra yanada faol hamkorlik qilish va ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini tezkor hal qilish uchun turli darajadagi onlayn-sessiyalarni oʻtkazish amaliyotini davom ettirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala