Rossiya neft urushidan qanday manfaat ko‘rishi mumkin?

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishShtangoviy nasos
Shtangoviy nasos - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Neft narxlarining ko‘tarilishiga nima qarshi chiqmoqda? Bu o‘zgarishlar Rossiya uchun qanday natijalarga olib keladi?

OPEK+ va boshqa mamlakatlar kuzatuvchilari uchrashuvi arafasida (shuningdek, juma kuni bo‘lib o‘tadigan G20 energetika vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi – va bu undan ham muhimroq bo‘lishi mumkin) hech qanday aniqlik yo‘q, deb yozadi RIA Novosti muallifi Aleksandr Sobko.

Bunday ommaviy qisqarishlarni - va gap kuniga o‘n million barrel haqida ketmoqda, ammo bu hali ham bozorni barqarorlashtirish uchun yetarli emas - Rossiya Saudiya Arabistoni bilan birgalikda amalga oshira olmaydi va hoxlamaydi ham. Donald Tramp Rossiya va SAQni (Saudiya Arabistoni Qirolligi) muzokaralar stolida yana o‘tirishga undashi orqali bu qisqartirilishga o‘z hissasini qo‘shdi deb hisoblaydi. O‘z bozorini qo‘llab-quvvatlash uchun, u xech bo‘lmasa AQShda neftga import bojlari joriy qilinishi bilan tahdid qilmoqda.

Zasedanie stran-uchastnis soglasheniya o sokrashenii dobichi nefti OPEK+ - Sputnik O‘zbekiston
Buyuk neft sulhi: bundan keyin nima bo‘ladi

Aslida bu AQShning o‘zi uchun voqealarning qiziqarli rivojlanishi kabi tuyulishi mumkin edi, chunki mamlakat allaqachon o‘z-o‘zini neft bilan ta’minlanshga erishdi. Neft sifati bilan bog‘liq ba’zi qiyinchiliklar saqlanib qolmoqda: amerika neftni qayta ishlash zavodlari og‘irroq navlarga mo‘ljallangan, slanes nefti esa, aksincha, yengil. Ammo umuman olganda, vazifani uddalasa bo‘ladi. Bundan tashqari, bu importni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlash degani emas, balki faqat bojlar. Rossiya va Saudiya Arabistoni AQShga bir necha yuz ming barreldan eksport qiladi va bu hajmlar yaqinlashib kelayotgan qisqarish miqyosida unchalik ahamiyatli emas. Agar bu ssenariy amalga oshirilsa (lekin mavhum), dunyoning qolgan qismi uchun deyarli hech narsa o‘zgarmaydi, chunki AQSh aslida o‘zini o‘zi ta’minlaydi. Bunday holda, Qo‘shma Shtatlarsiz kelishishga to‘g‘ri keladi. Ammo bu holatda, AQSh dunyoning qolgan qismining muzokaralaridan chetda qolishni istaydimi?

Qay bir darajada, qisqartirishda nafaqat AQShning ishtiroki, balki Meksika, Kanada, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Braziliya va boshqa yirik neft ishlab chiqaruvchilarning ham ishtiroki muhokama qilinmoqda. Ushbu ishtirokchilar qay tarzda kelishib olishlari masalasi ochiq savol bo‘lib qolmoqda. Bu tashkiliy, texnik jihatdan mumkinmi? Qisqartirishni qanday nazorat qilish kerak?

Bu vaziyatda bashorat qilish, ochig‘i, noshukur ish va aqlli kuzatuvchilar hozirgi kunga qadar taxmin qilishdan o‘zini tiyib, tomosha qilishni afzal ko‘rishmoqda. Tez fursatda optimistik va shu o‘rinda pessimistik ssenariylarni ham chizish mumkin, ammo bundan ma’no bormi?

Neft narxlarining ko‘tarilishiga qarshi nima chiqmoqda va chiqadi ham?

Birinchidan, joriy harakatchanlikning pasayishi tufayli qisqartirilgan (meyordan 20-30 foizga!) talab va hatto karantinlar olib tashlanganidan keyin ham talab to‘liq tiklanmaydi.

Pastux na osle yedet mimo neftanogo mestorojdeniya v Sirii na granitse s Tursiyey - Sputnik O‘zbekiston
Bozorni birgalikda qutqaramiz: AQSh neft qazib olishni qisqartirmoqda

Ikkinchidan, karantin paytida to‘plangan neft zaxiralari.

Uchinchidan, OPEK+ bitimining asl shaklida bejiz qulashi. Yangi kelishuvlar (hozircha mavjud bo‘lmagan) aniq fors-major tufayli qabul qilindi va shu o‘rinda ishtirokchilarning bir-biriga ishonchsizligi saqlanib qolmoqda.

To‘rtinchidan, agar baribir negativni qo‘shsak ham, unda "yashirin" ortiqliklar mavjud. Birinchi navbatda, uzoq vaqtdan beri sanksiyalar ostida bo‘lgan Eronning quvvatlari (va bu kuniga qo‘shimcha bir necha million barrelga teng).

Narxlarning oshishiga nima turtki bo‘ladi?

Birinchidan, yaqin kelajakda - bozorning barcha ishtirokchilarining ehtimoliy kelishuvi.

Ikkinchidan, o‘rta muddatli istiqbolda joriy sharoitlarda qazib olishning bir qismini zararliligi tufayli "chiqarib yuborish". Birinchi navbatda, bu Kanadada og‘ir neft ishlab chiqarishdir va vaqt o‘tishi bilan boshqa muammoli ishlab chiqaruvchilar ham qo‘shiladi. Eslatib o‘tamiz, bu kabi bozor reaksiyasi ikkinchi chorak uchun kuniga o‘n million barrelga baholanmoqda (o‘ta past narxlar qaytarilishi sharti bilan). Kelgusida olti oy yoki undan ko‘proq vaqt istiqbolida, AQShda ishlab chiqarishning sezilarli darajada pasayishi boshlanadi, ammo bu juda bo‘lsa, eng yaxshi sharoitda, o‘n millionlab barrel emas, balki bir oz miqdor xolos.

Stanok-kachalka - Sputnik O‘zbekiston
Neft narxi OPEK+ yig‘ilishidan oldin ko‘tarildi

Uchinchidan, eski va muammoli konlar uchun ishlab chiqarish majburiy to‘xtatilgandan keyin neft zaxiralarining bir qismini yo‘qotish xavfi mavjud  -kelajakda bu yetkazib berishni pasayishiga olib keladi. Va qisman shu sababdan ham ba’zi ishlab chiqaruvchilar jarayonni to‘xtatmaslik uchun hatto zararga bo‘lsa ham qazib olishga tayyor.

To‘rtinchidan, o‘rta muddatli (va uzoq muddatli) istiqbolda kapital xarajatlarning joriy qulashidan defitsit effekti boshlanadi.

Va bu yerda - xavfni o‘z zimmasiga olgan, ya’ni taqchillik va o‘sishni hisoblashda arzon narxlarda yangi ishlab chiqarishga sarmoya kiritgan kishi g‘alaba qozonishi aniq (yoki agar hisob-kitobi noto‘g‘ri bo‘lsa, yutqazadi). Ammo bularning barchasi kelajakda - hozircha sarmoyalar ommaviy darajada qisqartirilmoqda: tanqislikgacha hali uzoq, kompaniyalarda esa qo‘shimcha pul yo‘q.

Agar o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga nazar tashlasak, ba’zi kuzatuvchilar voqealarning har qanday rivojlanishida bozorda o‘sib borayotgan o‘zgaruvchanlikni taxmin qilmoqdalar.

Bularning barchasi Rossiya uchun nimani anglatadi?

Noaniqlik sharoitida retsept allaqachon ma’lum. Agar biz kelajakni yetarlicha ishonch bilan bashorat qila olmasak, unda qabul qilingan qarorlar voqealarning har qanday rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarni kamaytirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

Prezident SShA Donald Tramp i nasledniy prins Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, OPEK + AQSh - neft bozorida yangi kelishuv bo‘ladimi?

Birinchidan, bu zaxiralarni yaratish ekanligi ravshan. Agar ilgari "neft har doim 60 ga teng" paradigmasida zaxiralarning bunday hajmda bo‘lishi kerakligi muhokama qilingan bo‘lsa, narx o‘zgaruvchanligi sharoitida zaxiralarni yuqori narxlarda to‘plash va ularni past narxlarda sarflash yagona oqilona ssenariyga aylanadi. Va bu yerda gap nafaqat budjetni to‘ldirishda. Avvalo, bu valyuta tushumining mavjudligi masalasi. Xohlaymizmi buni yo‘qmi, importda mashina va uskunalar muhim rol o‘ynaydigan paytda energiya tashuvchilar eksporti valyuta tushumining asosiy qismi hisoblanadi.

Import o‘rnini bosuvchi uskunalar 

Ushbu fonda mashinasozlik va sanoatdagi import o‘rnini bosish mavzulari yana dolzarbdir. Cheklangan ichki bozorda barcha sanoatning barcha sohalarini yaratish mumkin emasligi aniq va uskunalar importi har doim bo‘ladi.

Biroq, hozirgi sharoitda, energiya tashuvchilarni eksport qilish uchun xorijiy uskunalardan faol foydalanish g‘alati bo‘lardi. Ayniqsa, ushbu uskunalar tannarxning sezilarli qismini tashkil etadigan holatlarda. Bu muammo ilgari muhokama qilingan, ammo endi bu mavzuni yana ko‘tarish to‘g‘ri bo‘lar edi.

Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya aholisiga dollar o‘rniga oltin taklif qilindi

Gap, shubhasiz, birinchi navbatda o‘z STG texnologiyalarimizga tegishli. Joriy vaziyat fonida, Artik SPG 2-dan so‘ng, Novatekning barcha yangi loyihalari hozirda sinovdan o‘tkazilayotgan rus texnologiyalari asosida quriladi, degan ishonch ortmoqda. Biroq, boshqa ishlab chiqaruvchilar - Gazprom va Rosneftning yaqin vaqtgacha chet el ishlanmalari asosida rejalashtirilgan loyihalari saqlanib qolmoqda.

Qizig‘i shundaki, neft inqirozi arafasida, mart oyining oxirida Vladimir Putin "Sibir kuchi-2" gaz quvurini qurishga tayyorgarlikni ma’qullagan.

Bunda hayratlanarli narsa yo‘q. Gap tayyorgarlikdan amalga oshirishgacha bir necha yil o‘tishida ham emas. Va "Sibir kuchi - 2"ning resurs bazasi dekarbonizatsiya fonida talab pasayishi havfi mavjud Yevropa bozorlariga yetkazib berishda ishlatiladigani bilan bir xilligida ham emas (Yevropaga yangi quvurlar yotqizilmasligi aniq).

Lekin eng muhimi, XXRga deyarli butunlay o‘zimizda ishlab chiqarilgan quvur o‘tadi. Ya’ni rubldagi harajatlarga valyutadagi tushumga ega bo‘lamiz.

Energiya sohasida boshqa misollarni ham keltirish mumkin. So‘nggi paytlarda gaz turbinalarini importi o‘rnini bosish to‘g‘risida ko‘plab munozaralar bo‘lmoqda. Endi bu munozara ikkinchi darajali masalaga o‘tmoqda: o‘zimizdagi ishlab chiqarish o‘zini yanada oqlamoqda, vaholanki ko‘pi qilinib bo‘ldi.

Sudno-truboukladchik Solitaire i sudno snabjeniya Fortitude - Sputnik O‘zbekiston
“Shimoliy oqim – 2” qanday qurib bitkazilishi ma’lum bo‘ldi

Va nihoyat, yana bir misol. Bu neft va gaz ximiyasi. So‘nggi yillarda ushbu sanoatning rivojlanishi uglerod oksidi chiqindilarining manbai sifatida qazib olinadigan yoqilg‘iga ma’lum bosim sharoitida eksportning o‘sishi uchun yaxshi imkoniyat sifatida ko‘rilmoqda. Biroq neft-kimyo sanoatida ishlatilgan litsenziyalar, texnologiyalar va pudratchilarning katta qismi yana xorijlikdir. Va bu yerda ham biz STG sektoridagi kabi qiyin, ammo zarur bo‘lgan import o‘rnini bosish muammolarini ko‘rishimiz mumkinligi aniq. Bundan tashqari, dunyo bo‘ylab energiya tashuvchilarining narxlarining pasayishi tufayli bizning polimer ishlab chiqarish uchun arzon xom ashyo ko‘rinishidagi raqobatdosh ustunligimiz yo‘qolmoqda.

Vahima qilib mavjud qiyin vaziyatni ekstrapolyatsiya qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi - bu noyob va vaqtincha inqirozdir, qimmatroq tannarhli ishlab chiqaruvchilar esa uzoq muddatda yetkazib berishni qisqartirish orqali tezda javob berishga ulgurmaydilar. Vaziyat yaxshilanganda ham, yuqorida aytilganlarning barchasi dolzarb bo‘lib qoladi. Joriy vaziyat taniqli "yetmayotgan narsalarni - dollarga sotib olamiz" mantig‘ini sevuvchilar uchun kamida sovuq dush bo‘lib xizmat qilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0