Xitoy YaIMi 28-yil ichida birinchi bor quladi

© AP Photo / Ng Han GuanJiteli Uxanya yedut na parome cherez reku Yanszi
Jiteli Uxanya yedut na parome cherez reku Yanszi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy iqtisodiyoti statistika hisobi olib borilishi boshlangan 1992-yildan beri birinchi marta salbiy ko‘rsatkichni ko‘rsatdi.

TOShKENT, 17 apr - Sputnik. Xitoy davlat statistika burosi tomonidan juma kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi ta’siri tufayli Xitoyning YaIM 2020-yil birinchi choragida yillik hisobda 6,8 foizga pasaygan.

Puteshestvennik v zashitnoy maske na vokzale Uxanya - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy koronavirusning yangi to‘lqinini bashorat qildi

Xitoy iqtisodiyoti statistika hisobi olib borilishi boshlangan 1992-yildan beri birinchi marta salbiy ko‘rsatkichni ko‘rsatdi.

Hisobotga ko‘ra, Xitoyning yalpi ichki mahsuloti yillik hisobda 20,650 trillion yuanni (uch trillion dollarga yaqin - tahr.) tashkil etdi.

Ko‘rsatkich 6,5 foizga pasayishini prognoz qilgan mutaxassislar kutganidan ham yomonroq bo‘ldi.

2019 yil birinchi choragida Xitoyning YaIMsi 6,4 foizga o‘sgan. 2019-yil natijalari bo‘yicha Xitoy iqtisodiyoti 6,1 foizga o‘sib dunyodagi eng yirik iqtisodiyoti maqomini saqlab qoldi.

Spasskaya bashnya Moskovskogo kremlya - Sputnik O‘zbekiston
Moskva — Vashington — Pekin: koronainqiroz "Katta uchlik" vujudga kelishini tezlashtiradi

2019 yil oxirida Pekin Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismi (Xubey provinsiyasi) Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisi yangi koronavirus ekanligini aniqladilar, keyinchalik u COVID-19 rasmiy nomini oldi.

BSST 11-mart kuni dunyoda yangi koronavirusning pandemiyasini e’lon qildi, 29-mart kuni esa Xitoyda ushbu epidemiyaning butun mamlakat bo‘ylab tarqalishi to‘xtatilgani e’lon qilindi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 82 367 ta koronavirus infeksiyasi bilan zararlanish holati tasdiqlangan, 77 944 kishi davolandi, 3342 kishi vafot etdi.

Rossiya, O‘zbekiston va dunyodagi COVID-19 bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlar stopkoronavirus.rf va coronavirus.uz portallarida keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0