Prezident xalq qabulxonalari pandemiya davrida onlayn-rejimda faoliyat yuritmoqda

© uz24.uzNarodnaya priyemnaya
Narodnaya priyemnaya - Sputnik Oʻzbekiston
Xususan, karantin rejimi eʼlon qilingan ayni kunlarda Fargʻona viloyati Xalq kabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar ham endilikda onlayn tartibda  qabul qilinmoqda, har bir murojaat oʻta qisqa fursatlarda oʻrganilmoqda.

TOSHKENT, 17 apr - Sputnik. Prezident xalq qabulxonalari pandemiya davrida onlayn-rejimda faoliyat yuritmoqda, deb xabar qilmoqda "Xalq bilan muloqot" guruhi.

Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Valentina Matviyenko xalq qabulxonalari faoliyati bilan tanishdi

Xususan, karantin rejimi eʼlon qilingan ayni kunlarda Fargʻona viloyati Xalq kabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar ham endilikda onlayn tartibda  qabul qilinmoqda, har bir murojaat oʻta qisqa fursatlarda oʻrganilmoqda.

Oʻtgan bir hafta davomida Bagʻdod tumanida 700 dan ziyod  ehtiyojmand oilalarga  ijtimoiy koʻmak paketlari – oziq-ovkat mahsulotlari toʻplami markazlashgan holda yetkazib berilgan. Hozirda esa yana 1300 ta oilaga shunday koʻmak mahsulotlari tayyorlanmoqda.

Tumandagi homiylar tomonidan yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya va gigiyena meʼyorlariga toʻliq amal qilingan holatda saranjomlanib, mahallalar kesimida shakllantirilgan roʻyxatlar asosida koʻmak kutayotgan insonlarga yetkazilmoqda.

Furqat tumanida prezident Xalq qabulxonasi tomonidan dehqon bozorlaridagi  narx-navolar moʻʼtadilligini saqlash,  ayniqsa, narxlarning sunʼiy oʻsib ketishidek noxush hollarga yoʻl qoʻymaslik masalasiga eʼtibor kuchaytirilgan. Bundan tashqari, dehqon bozorlariga yetkazuvchi  yoʻllar karantin talablariga koʻra dezinfektsiyalanmokda, bozorlarga kirishda  sanitar-shifokorlar faoliyati tashkil  etildi, bozor hududlari muntazam zararsizlantirilmokda.

Shunday sinovli kunlarda prezident xalq qabulxonasi fargʻonaliklarni birdamlikda va hamjixatlikda ish tutib, yon-atrofdagilarni koʻllab-quvvatlash, avvalambor, insoniy mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlashga ertayu kech xizmat qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala