Prezident xalq qabulxonalari pandemiya davrida onlayn-rejimda faoliyat yuritmoqda

© uz24.uzNarodnaya priyemnaya
Narodnaya priyemnaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xususan, karantin rejimi e’lon qilingan ayni kunlarda Farg‘ona viloyati Xalq kabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar ham endilikda onlayn tartibda  qabul qilinmoqda, har bir murojaat o‘ta qisqa fursatlarda o‘rganilmoqda.

TOShKENT, 17 apr - Sputnik. Prezident xalq qabulxonalari pandemiya davrida onlayn-rejimda faoliyat yuritmoqda, deb xabar qilmoqda "Xalq bilan muloqot" guruhi.

Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik O‘zbekiston
Valentina Matviyenko xalq qabulxonalari faoliyati bilan tanishdi

Xususan, karantin rejimi e’lon qilingan ayni kunlarda Farg‘ona viloyati Xalq kabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar ham endilikda onlayn tartibda  qabul qilinmoqda, har bir murojaat o‘ta qisqa fursatlarda o‘rganilmoqda.

O‘tgan bir hafta davomida Bag‘dod tumanida 700 dan ziyod  ehtiyojmand oilalarga  ijtimoiy ko‘mak paketlari – oziq-ovkat mahsulotlari to‘plami markazlashgan holda yetkazib berilgan. Hozirda esa yana 1300 ta oilaga shunday ko‘mak mahsulotlari tayyorlanmoqda.

Tumandagi homiylar tomonidan yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya va gigiyena meyorlariga to‘liq amal qilingan holatda saranjomlanib, mahallalar kesimida shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida ko‘mak kutayotgan insonlarga yetkazilmoqda.

Furqat tumanida prezident Xalq qabulxonasi tomonidan dehqon bozorlaridagi  narx-navolar mo‘’tadilligini saqlash,  ayniqsa, narxlarning sun’iy o‘sib ketishidek noxush hollarga yo‘l qo‘ymaslik masalasiga e’tibor kuchaytirilgan. Bundan tashqari, dehqon bozorlariga yetkazuvchi  yo‘llar karantin talablariga ko‘ra dezinfeksiyalanmokda, bozorlarga kirishda  sanitar-shifokorlar faoliyati tashkil  etildi, bozor hududlari muntazam zararsizlantirilmokda.

Shunday sinovli kunlarda prezident xalq qabulxonasi farg‘onaliklarni birdamlikda va hamjixatlikda ish tutib, yon-atrofdagilarni ko‘llab-quvvatlash, avvalambor, insoniy mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlashga ertayu kech xizmat qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0