Rossiya TIV AQSh bilan gipertovushli qurol borasida muzokara shartini oshkor qildi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishIspitanie novoy ballisticheskoy raketi "Sarmat"
Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi Sarmat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh bilan gipertovushli qurol borasida muzokara shartlarini ma’lum qildi.

TOShKENT, 17 apr - Sputnik. Rossiyaning yangi gipertovushli qurol tizimlari bo‘yicha AQSh bilan muloqot Amerikaning shu kabi loyihalarini har tomonlama muhokama qilmasdan turib amalga oshirib bo‘lmaydi, dedi RIA Novosti'ga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov.

Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Xitoy oldidagi qarzlari bo‘yicha defolt e’lon qilishga tayyorlanmoqda

Shuningdek, global raketalarga qarshi mudofaa tizimini yaratish, kosmosda qurollarni joylashtirish va strategik sohani o‘ta beqarorlashtiradigan va Moskvaning xavotiriga sabab bo‘ladigan boshqa dasturlar bo‘yicha ham muloqotlar zarur.

Rabkov 2019-yilda DSNV (Strategik qurollarni qisqartirish shartnomasi – tahr.) shartnomasi doirasida Amerika tomoniga planer bloki bilan jihozlangan "Avangard"  raketa tashuvchisi namoyish qilinganini eslatdi. Agar amaldagi strategik qurollarni qisqartirish shartnomasi "dastlabki o‘n yillik muddati tugaganidan keyin bir necha yil davomida o‘z kuchini saqlab qolsa, unda ushbu tizim ushbu shartnoma doirasida joriy etiladi deyish oqilona bo‘ladi", - deya qo‘shimcha qildi u.

"Yaqinda amerikaliklar "ekzotik" deb nomlagan bizning yangi tizimlarimizga kelsak, ular borasida muloqotdan ham qochmaymiz. Ammo men bu tizimlarni vakuumda muhokama qilmasligimizga alohida e’tibor qaratmoqchiman, ular har qanday holatlardan qat’iy nazar shunchaki muhokama qilinadigan mavzu emas", - deya ta’kidladi vazir o‘rinbosari.

U yana bir bor AQShni mazmunli va keng qamrovli suhbatlar olib borishga rozilik berishini muloqotning ajralmas va qat’iy sharti deb atadi.

Amerikanskiy flag pered Kapitoliyem v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Harbiy ekspert AQSh "gumonlari" haqida: bir marta xatolikka yo‘l qo‘yishgandi

"Bu muloqot doirasida biz faqat o‘z milliy xavfsizligimizni ta’minlash vazifasi nuqtayi nazaridan harakat qilamiz. Bu qurol nazorati sohasida ishlashga bo‘lgan yondashuvimizning o‘zgarmas jihatidir", - dedi diplomat.

SNV-3 Rossiya va AQSh o‘rtasidagi qurollarni cheklash to‘g‘risidagi yagona shartnoma bo‘lib qolmoqda. Bu har bir tomonning yadroviy arsenallarini shu tarzda qisqartirishni taqozo etadiki, yetti yil va undan keyin ham qurollarning umumiy soni qit’alararo ballistik raketalar, suv osti kemalari va og‘ir bombardimonchilardagi ballistik raketalar 700 tadan, shuningdek, boyegolovkalar soni 1550 tadan va joylashtirilgan va joylashtirilmagan raketa uchiruvchi qurilmalar soni 800 tadan oshmasligi kerak.

Yangiliklar lentasi
0