Namanganlik deputat IIV xodimining pogonini yulib oldi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deputatga tegishli yuridik shaxslarga beriladigan davlat raqamiga ega Malibuning majburiy sug‘urta muddati o‘tib ketgani sabab, u ichki ishlar xodimlari bilan tortishadi va mashinani jarima maydoniga olib ketilishi qonunga va deputatlik daxlsizligiga zid ekanini aytadi

TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Ichki ishlar xodimining pogoni va ko‘krak nishonini yulib olgan Namangan shahar kengashi deputatiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

Deputat Kabul Dusov  - Sputnik O‘zbekiston
Deputat Qobul Do‘sov Yashnobod tuman aholisi bilan janjallashdi

Xabarga ko‘ra, deputatga tegishli yuridik shaxslarga beriladigan davlat raqamiga ega Malibuning majburiy sug‘urta muddati o‘tib ketgani sabab, u ichki ishlar xodimlari bilan tortishadi va mashinani jarima maydoniga olib ketilishi qonunga va deputatlik daxlsizligiga zid ekanini aytadi.

Keyinchalik 2020-yil 15-aprel kuni soat 21:45 larda Xalq deputatlari Namangan shahar kengashi deputati T.M. o‘ziga tegishli bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinasida sherigi bilan birga Yangiqo‘rg‘ondan kelayotib, «Qizilko‘prik” postidan Namangan shahriga kirmoqchi bo‘lganida IIB xodimi tomonidan to‘xtatilgan. Hujjatlar ko‘zdan kechirilganda avtomashina majburiy sug‘urta qilingan sana ko‘rsatilgan muddatidan o‘tib ketgani aniqlangan.

Avtomobil jarima maydoniga olib ketilishi tushuntirilganda esa haydovchi yana avvalgidagi kabi deputatlik daxlsizligini ro‘kach qilgan. 2004-yilda qabul qilingan «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunida deputat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va boshqa qonunlarga muvofiq amalga oshirishi belgilab qo‘yilgan. Mazkur qonunda deputat vakolatlari ham ko‘rsatib o‘tilgan, biroq transport vositasini hujjatsiz boshqarish huquqi mazkur vakolatlar qatoriga kiritilmagan, deyiladi IIV axborot xizmatining xabarida.

Messendjer Telegram na ekrane telefona - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘qonda COVID-19 haqida yolg‘on xabar tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Deputat viloyat IIB katta inspektori, mayor Ilhomjon Abdurahmonovning qonuniy talablarini bajarmasdan avtomashinadan tushib, uning qo‘liga urgani natijasida profilaktika inspektorining telefoni yerga tushib, shikastlanishiga sababchi bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB inspektori, safdor Husanboy Ziyoviddinov huquqbuzarni tinchlantirmoqchi bo‘lganida u xodimning pogoni va xizmat ko‘krak nishonini yulib olib, uloqtirib yuborgan.

Ushbu holat bo‘yicha 2020-yil 16-aprel kuni Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatib ularni qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek, qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish ayblovi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0