Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligida qator tayinlovlar amalga oshirildi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoye kreslo
Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Bahrom Almatov direktor oʻrinbosari etib tayinlandi.

TOSHKENT, 18 apr - Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligida qator tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Usileniye sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus mobil telefon orqali ham yuqadi - Almatov

Oʻzbekiston prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi qaroriga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimi kiritildi.

Shunga asosan, prezident qarori bilan Bahodir Yusupaliyev Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Shu vaqtgacha u Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Botirjon Qurbonov Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ayni paytgacha ushbu agentlik direktori lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Bahrom Almatov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala