Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi

© Sputnik / Vitaliy AnkovStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Institutning ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi. Samarqand davlat universiteti zimmasiga institutni otaliqqa olish vazifasi yuklandi.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Sankt-Peterburgskiy gosudarstvenniy universitet - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Sankt-Peterburg davlat universitetining MDHdagi birinchi filiali tashkil etiladi

Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga kiradi.

Institutning ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Qarorga ko‘ra, institut professor o‘qituvchilari va xodimlariga mehnatga haq to‘lashda tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorda hisoblanadi.

Qaror bilan institut Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0